+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Professor-o'qituvchilar

Kafedra professori – Yangibaev Zarifboy Rajabovich

Ilmiy darajasi - t.f.d.

Lavozimi – kafedra professori

Ilmiy unvoni – professor

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Zaribboy Yangiboev 1948 yilda tug’ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 1972 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tugatgan.

 

 

1972-1975 yillarda Gurlan tumani markaziy shifoxonasida travmatolog-jarrox bo'lib ishlagan. 1976-78 yillar mobaynida Moskvadagi A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya institutida jarroxlik mutaxassisligi bo'yicha klinik ordinaturada va 1978-1981 yillarda aspiranturada taxsil olgan. 1981 yilda «Jigar, o't yo'llari kasalliklarini jarroxlik yo'li bilan davolashda kesish va tikishning yangi uslubini qo'llash» mavzusida nomzodlik va 1987 yilda «Katta duodenal so'rg’ich torayishini tashxislash va jarroxlik usulida davolash» ga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli ximoya qilgan.

 

 

Z. Yangiboev jarroxlik fanidan o'ziga xos original davolash va tekshirish usullarini amalga oshirgan olim. Uning jigar, o't yo'llari va oshqozon osti bezi kasalliklarini tashxislash va davolashga bag’ishlangan original usullari respublikamizning barcha klinikalarida va xorijda jarroxlik amaliyotida keng qo'llanilmoqda.

 

 

Professor Z. Yangiboev 1995-1998 yillar davomida Urganch davlat Universiteti prorektori va Tibbiyot markazi direktori lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. 1995 yildan 2006 yilgacha Fakultet va UASh jarroxligi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan. 2007 yildan boshlab Fakultet, gospital va UASh jarroxligi kafedrasi mudiri. Professor Z. Yangiboev rahbarlik qilayotgan Fakultet, gospital va UASh jarroxligi kafedrasi doimo barcha ko'rsatkichlar bo'yicha yuqori natijalarga erishishga xarakat qiladi. Professor Z.Yangiboev tashabbusi bilan Respublikada birinchi bo'lib Xorazm viloyati 1-son klinik shifoxonasida 1999 yilda Endoxirurgiya bo'limi ochilgan va xozirgi kungacha endovizual texnologiyalar yordamida bajariladigan operatsiyalarning 20 dan ortiq yangi usullari amaliyotga kiritilgan.

 

 

Z. Yangiboev mashxur olim, ajoyib ustoz pedagog, chuqur bilimga ega bo'gan malakali xirurg. Xirurgiya sohasida katta tajribaga ega. Z. Yangiboev rahbarligida 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan va XVKTTM da jigar, o't yo'llari va oshqozon osti bezi kasalliklariga bag’ishlangan 30 dan ortiq yangi jarroxlik va endojarroxlik usullari amaliyotga kiritilgan.

 

 

Uning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari va 10 dan ortiq o'quv qo'llanmalari va ommabop risolalari vatanimiz matbuotida va chet ellarda chop etilgan. U jarroxlikdagi turli xil kasalliklarga tashxis qo'yish va davolashga yo'naltirilgan 6 ta xorij davlatlari patentlari, 19 ta ixtiro va 4 ta ratsionalizatorlik sertifikatlari muallifidir. Uning ixtirolaridan biri hisoblangan «To'qimalarni kesish va to'g’ri chok qo'yishga mo'ljallangan xirurgik tikish apparati» ga AQSh, Kanada, Angliya, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarining patenti berilgan.

 

 

1997 yilda professor Z. Yangiboev AQSh ning IREX tashkiloti tomonidan tibbiyot va tibbiy ta'lim sohasining reformasi to'g’risida e'lon qilingan grantning nafaqat Respublikamizda, balki, butun MDH davlatlari ichida yagona sovrindori bo'lib, AQSh dagi tibbiyot institutlarida olti oy davomida malaka oshirib kelgan, u rus va ingliz tillarida bemalol ma'ruzalar o'qish imkoniyatiga ega.

 

 

Z. Yangiboev o'zining siyosiy va nazariy saviyasini doimo oshirib boradi, o'zining kamtarligi, qo'l ostidagi xodimlarga samimiyligi va talabchanligi bilan ajralib turadi.

 

 

Z. Yangiboev filialimiz xodimlari va talabalar o'rtasida katta hurmatga sazovor insondir.

 


Kafedra mudiri – Batirov Davronbek Yusupovich

Ilmiy darajasi - t.f.n.

Lavozimi – kafedra mudiri

Ilmiy unvoni - dotsent

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Batirov Davronbek Yusupovich 1972 yil 3-noyabrda Xazorasp tumanida tug’ilgan. 1989 yilda Xazorasp tumanidagi o'rta maktabni oltin medal bilan tugatgan, ToshDavTO 1 – davolash fakultetiga o'qishga kirib, 1995 yilda 1-Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

 

1999 yildan 2007 yilgacha TTA Urganch filiali fakultet jarroxligi kafedrasida assistent, 2007 yildan boshlab 2013 yil fevral oyigacha TTA Urganch filiali fakultet va gospital jarroxligi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.

 

2006-2007 yillarda TTA Urganch filiali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig’i, 2009 yilda esa, ichki nazorat va monitoring bo'limi boshlig’i lavozimlarida ishlagan. 2013 yil fevralidan 2013 yil noyabrigacha TTA Urganch filiali fakultet va gospital jarroxligi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2013 yil noyabridan esa kafedra mudiri lavozimiga e'lon qilingan va o'tkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o'tib kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

2006 yilda “Simultan laparoskopik operatsiyalarni takomillashtirish yo'llari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Ilmiy rahbari -  professor Yangiboev Z.R.

 

O'z faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqolalari vatanimiz matbuotida va chet ellarda chop etilgan. Jarroxlik yo'nalishi bo'yicha 1 ta ixtiro, 6 ta uslubiy qo'llanma va 4 ta ratsionalizatorlik takliflari muallifi.

 

D.Yu. Batirov 1995 yildan boshlab Xorazm viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi endoxirurgiya (xozirgi torakal xirurgiya) bo'limida jarroxlik amaliyotlarini bajarib keladi.

 

2000, 2005 va 2012 yillarda TTA klinikalarida malaka oshirgan, 2003-2005 yillarda 5 marta AQSh ning USAID jamg’armasi tomonidan tashkil qilingan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda qatnashib chet el sertifikatlariga ega bo'lgan.

 

2014 yilda raxbar xodimlr uchun Respublika Bosh Ilmiy Metodik Markazida malaka oshirgan.


 


 Kafedra assistenti – Raximov Anvar Pulatboevich

Lavozimi – kafedra assistenti, o'quv ishlari bo'yicha ma'sul

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2005-2012 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “davolash fakulteti”ni tamomlagan.

2012-2015 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Umumiy xirurgiya yunalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan.

Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “Otsenka effektivnosti xirurgicheskix metodov lecheniya oslojnennix form jelchekamennoy bolezni” mavzusi bo'yicha ilmiy ish olib bormoqda.

Kafedrada 2015 yildan beri ishlab kelmoqda.

 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda  Laparoskopik adrenalektomiyani  roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 

 


 Kafedra assistenti – Xaitbaev Sardor Quranbaevich

Lavozimi – kafedra assistenti

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2007 yil Toshkent Tibbiyot Tibbyot Akademiyasi “davolash fakultetini tamomlagan. Keyinchalik 2007-2010 yilda TTA “Torakal xirurgiya” yunalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan.

Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “Sovershenstvovaniya taktiki podxodov v xirurgicheskom lechenii exinokokkoza pecheni” mavzusi bo'yicha ilmiy ish olib bormoqda.

Kafedrada 2014 yildan beri ishlab kelmoqda.


 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


Kafedra assistenti – Allanazarov Allanazar Xudoyshukurovich

Lavozimi – kafedra assistenti

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2004-2011 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali “davolash fakulteti”ni tamomlagan, 2011-2014 yillarda Tashkent Tibbiyot Akademiyasi “Shoshilinch tibbiy yordam” yunalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan.

Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “O'tkir va surunkali pankreatit bilan kasalllangan bemorlarda endoxirurgiyani o'rnini yanada yaxshilash” mavzusi bo'yicha ilmiy ish olib bormoqda.

Kafedrada 2014 yildan beri ishlab kelmoqda.


 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


 

 Kafedra assistenti – Tajiev Sirojbek Zafarovich

Lavozimi – kafedra assistenti

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2008-2015 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakultetini tamomlagan.

 

2015-2018 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida Umumiy xirurgiya yo’nalishi bo’yicha magistraturada o’qigan.

 

Kafedrada 2018 yildan beri ishlab kelmoqda.

 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


 Kafedra assistenti – Esamuratov Aybek Ibragimovich

Lavozimi – kafedra katta o’qituvchisi

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1991-1998 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialining pediatriya fakultetini, 2000-2002 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Otorinolaringologiya yo'nalishi bo'yicha klinik ordinaturani tugatgan.

 

2007 yilda “Otorinolaringologik a’zolar kasalliklarini davolashda mikrob peyzajiga zamonaviy qarashlar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 

Kafedrada 2003 yildan beri ishlab kelmoqda.

 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


 Kafedra assistenti – Avezov  Muxiddin Ikromovich

Lavozimi – kafedra assistenti

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2000-2007 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialining davolash fakultetini, 2007-2010 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutida Otorinolaringologiya yo'nalishi bo'yicha magistraturani tugatgan.

 

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Otorinolaringologiya yo'nalishida dastlab aspiranturada (2010-2012yillar) keyinchalik doktoranturada (2012-2014yillar) o’qigan.

 

Kafedrada 2015 yildan beri ishlab kelmoqda. 

 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


Kafedra assistenti – Kuryazov Odilbek Ibragimovich

Lavozimi – kafedra assistenti

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2010 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakultetini tamomlagan.

 

2014 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya yo’nalishi bo’yicha magistraturani tugatgan.

 

Kafedrada 2014 yildan beri ishlab kelmoqda.



 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


 Kafedra assistenti – Sultanova Fazilat Aminboevna

Lavozimi – kafedra assistenti

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2001 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakultetini tamomlagan.

 

2011 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya yo’nalishi bo’yicha magistraturani tugatgan.

 

Kafedrada 2014 yildan beri ishlab kelmoqda.

 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


Tadjiyeva Feruza Sultanbayevna

Lavozimi – kafedra assistenti

E-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2006-2013yy – Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakulteti talabasi.

 

 

2014-2017yy - Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya yo'nalishi magistratura talabasi.

 

Kafedrada 2019 yildan boshlab ishlab kelmoqda.


 

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda Laparoskopik adrenalektomiyani roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.