+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Kafedra tarixi

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIGI KAFEDRASINING QISQACHA TARIXI.

 

    Fakultet va Gospital jarrohligi kafedrasi 1995 yilda davolash fakultetining Fakultet jarrohligi kafedrasi sifatida 1995 yilda 1-son viloyat klinik shifoxonasi jarrohlik bo'limi hamda RShTYoIM jarrohlik bo'limlari bazalarida tashkil etilgan va professor Yangibaev Z.R. mudir etib tayinlangan. 1996 yilda kafedra tarkibiga UASh jarrohligi ho'shilgan. 2006 yilda gospital jarrohligi kursi qo'shilib kafedra fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi deb nomlangan. 2007 yilda oftalmologiya, 2008 yilda otorinolaringologiya kurslari ham kafedraga ho'shilgan va UASh jarrohligi kursi esa UASh kafedrasiga o'tkazilgan. Kafedraga 1995 yildan 2013 yil fevral oyigacha professor Yangibaev Z.R. rahbarlik hilgan. 2013 yil fevral oyidan boshlab dotsent Batirov D.Yu. kafedra mudiri qilib tayinlangan va hozirgi kungacha shu lavozimida ishlab kelmohda. Kafedra bazasining asosiy qismi esa VKTTM Torakal xirurgiya bo'limida joylashgan.

   

    Kafedramizda “Yosh jarroh” to'garagi 2006 yildan beri faoliyat olib boradi. dotsent D.Yu.Batirov rahbarligida ushbu to'garak a'zolari hisoblangan talabalardan Jumaniyozov J.S. 2014 yilda Ibn Sino nomidagi, Yusupova Sh.A. 2016 yilda Prezident sitipendiyasi sohiblari bo'ldilar.

   

    Kafedramizda 1995 yildan boshlab jarrohlikda kam invaziv texnologiya hisoblangan endoxirurgik usullarni amaliyotga tatbiq qilish bo'yicha salmohli ishlar olib borilgan. Xorazm viloyati jarrohligiga 30 dan ortiq yangi endoxirurgik usullar amaliyotga kiritilgan. 2 ta o'quv qo'llanmasi, 50 dan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar va 500 dan ortiq maqolalar respublikamiz va xorijiy jurnallarda nashr qilingan.

   

    Kafedramiz professori Z.R.Yangibaev AQSh, Angliya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarning rivojlangan klinikalarida, dotsent D.Yu.Batirov esa, Xitoy, Qozoqiston, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlarida malaka oshirish kurslarida va stajirovkalarda bo'lganlar.

   

    Dotsent D.Yu.Batirov AQSh ning USAID tashkiloti granti evaziga 5 marta tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha xalqaro konferentsiya-simpoziumlarda ishtirok etib AQSh ning 5 ta sertifikatiga ega bo'lgan. 

   

    Kafedra bo'limlari quyidagi klinik bazalarda joylashgan: VKTTM, TTA Urganch filiali klinikasi, Viloyat endokrinologiya dispanseri jarrohlik bo'limi, Viloyat temir yo'llari shifoxonasi, Respublika ko'z mikroxirurgiyasi markazi Xorazm filiali.


 

 

Kafedra mudirlari

 

Zarifboy Rajabovich Yangibaev tibbiyotfanlari doktori, professor. 1987 yil “katta duodenal so’rg’ich torayishini tashxislash va jarrohlik usulida davolash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1995-2013 yillar TTA Urganch filiali “Fakultet va Gospital jarrohlik” kafedrasiga raxbarlik qilgan.


DavronbekYusupovich Batirov tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 2006 yil “Simultan laparoskopik operatsiyalarni takomillashtirish yo’llari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 2013 yildan buyon “Fakultet va Gospital jarrohlik” kafedrasiga raxbarlik qilib kelmoqda.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.