Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA KAFEDRASI
- Detallar
- 4714 marta ko'rildi:
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA KAFEDRASI
Kafedra mudiri t.f.n.dotsent Matrizaeva G.D.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
- Akusherlik
- Ginekologiya
- Nur tashxisi va terapiyasi
- Onkologiya
- Bolalar onkologiyasi
- Onkologiyada hamshiralik ishi
Kafedrada quyidagi fakultet talabalari tahsil oladilar.
- Davolash ishi
- Pediatriya ishi
- Kasb ta’limi
- Oliy hamshiralik ishi
Kafedramiz bazalari Xorazm viloyatining bir qancha yetakchi davolash profilaktika muassasalarida joylashgan.
Akusherlik va ginekologiya qismi viloyat Perinatal markazi binosida; onkologiya qismi – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali binosida, nur tashxisi fanlari qismi - Urganch manzilgohi shifoxonasi va Nano diagnostics xususiy klinikasida joylashgan.
Akusherlik va ginekologiya kafedrasida umumiy shtatda 12 nafar professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan asosiy shtatda 10 nafar, o‘rindoshlik asosida 2 nafar o‘qituvchi, shundan fan doktori 1 nafar, fan nomzodlari 1 nafar, katta o‘qituvchi 2 nafar, assistentlar 8 nafarni tashkil etadi. Ushbu shtatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan professor - o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 20% ni tashkil qiladi.