+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIGI KAFEDRASI

 

 

BATIROV DAVRONBEK YUSUPOVICH

Kafedra mudiri, t.f.n., dotsent

Tel : +99(893) 754-91-72

Elektron pochta:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Davolash fakultetining Fakultet jarrohligi kafedrasi 1994 yilda Urganch shahar kasalxonasida jarroxlik bo’limi qoshida tashkil qilingan va unga t.f.n. Yuldashev G’.Yu. rahbar qilib tayinlangan. 1995 yilda ushbu kurs kafedraga aylantirilgan va uning tarkibiga UASH jarrohligi qo’shilgan. 2006 yilda oftalmologiya, 2008 yilda otorinolaringologiya kurslari kafedraga qo’shilgan va UASH jarrohligi kursi UASH kafedrasiga o’tkazilgan. 2012 yildan stomatologiya kursi qo’shilgan. Kafedraga 1995 yildan 2013 yil fevral oyigacha professor Yangibaev Z.R. rahbarlik qilgan. 2013 yil fevral oyidan boshlab dotsent Batirov D.Yu. kafedra mudiri qilib tayinlangan. Kafedra bazasining asosiy qismi esa VKTTM Torakal xirurgiya bo’limiga o’tkazilgan. 2007 yilda esa unga gospital jarroxligi qo’shilgan va fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi deb yuritila boshlagan. 2008-2009 o’quv yilida kafedra tarkibiga LOR, stomatologiya va ko’z kasalliklari kurslari ham qo’shildi. 2009-2010 o’quv yilidan boshlab esa kafedra tarkibidan LOR va stomatologiya kurslari chiqarildi va oftalmologiya kursi qo’shilgan holda fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi deb yuritila boshlagan. Kafedramizda professor-o’qituvchilardan dotsent Xusainov B.R., dotsent Ismailov O.I., Ruzmetov P., Yangiboev O.Z., Raximov B.Yo., Qurbanbaev M.Q., Xudayberganov B.T., Qurbonov R.R. lar ishlaganlar. Fakultet jarrohligi va gospital jarrohligi, jarrohlik kasalliklari va XDJ fanlarida talabalar umumiy jarroxlik kurslarida o’tilmagan, alohida klinikaga ega bo’lgan ma’lumotlarni oladilar, klinika bilan tanishadilar. Uning ish faoliyatida bevosita qatnashadilar, talabalar qorin bo’shlig’i a’zolarida eng ko’p uchraydigan kasalliklarni, shu mazular bo’yicha tematik bemorlarni, operatsiyalarni ko’radilar va yurak qon tomir, o’pka, plevra, ko’ks oralig’i, diafragma, qizilo’ngach jigar kasalliklari, oshqozonning jarrohlik amaliyotidan keyingi xoletsistektomiyadan so’nggi portal gipertenziya sindromlarining, jigar va o’pka exinokokkozi va yurak ishemiya kasalligining tashxisi, kechishi, ular davolash taktikasi bilan tanishadilar. Bulardan tashqari ko’z kasalliklari bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda qatnashadilar va ma’ruzalar tinglaydilar. Kafedra bo’limlari quyidagi klinik bazalarda joylashgan: VKTTM, Viloyat temir yo’llari shifoxonasi, Viloyat ko’z kasalliklari markazi.

 

Fan

fakultet

kurs

   1

Fakultet xirurgiya

davolash

4

   2

Fakultet xirurgiya va XDJ

pediatriya

4

   3

Gospital xirurgiya

davolash

5

   4

Gospital xirurgiya

pediatriya

6

   5

Oftalmologiya

davolash

5

6

Oftalmologiya

davolash

6

7

Oftalmologiya va bolalar oftalmologiyasi

pediatriya

7

8

Oftalmologiya va bolalar oftalmologiyasi

pediatriya

5

9

Otorinolaringologiya

davolash

5

10

Otorinolaringologik kasalliklar

davolash

6

11

Bolalar otorinolaringologiya

pediatriya

5

12

Otorinolaringologiya

pediatriya

7

 

Batirov Davronbek Yusupovich 1972 yil 3-noyabrda Xazorasp tumanida tug’ilgan. 1989 yilda Xazorasp tumanidagi o'rta maktabni oltin medal bilan tugatgan, ToshDavTO 1 – davolash fakultetiga o'qishga kirib, 1995 yilda 1-Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1999 yildan 2007 yilgacha TTA Urganch filiali fakultet jarroxligi kafedrasida assistent, 2007 yildan boshlab 2013 yil fevral oyigacha TTA Urganch filiali fakultet va gospital jarroxligi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan. 2006-2007 yillarda TTA Urganch filiali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig’i, 2009 yilda esa, ichki nazorat va monitoring bo'limi boshlig’i lavozimlarida ishlagan. 2013 yil fevralidan 2013 yil noyabrigacha TTA Urganch filiali fakultet va gospital jarroxligi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2013 yil noyabridan esa kaefdra mudiri lavozimiga e'lon qilingan va o'tkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o'tib kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2006 yilda “Simultan laparoskopik operatsiyalarni takomillashtirish yo'llari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Ilmiy rahbari -  professor Yangiboev Z.R.

O'z faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqolalari vatanimiz matbuotida va chet ellarda chop etilgan. Jarroxlik yo'nalishi bo'yicha 1 ta ixtiro, 6 ta uslubiy qo'llanma va 4 ta ratsionalizatorlik takliflari muallifi.

D.Yu. Batirov 1995 yildan boshlab Xorazm viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi endoxirurgiya (xozirgi torakal xirurgiya) bo'limida jarroxlik amaliyotlarini bajarib keladi.

2000, 2005 va 2012 yillarda TTA klinikalarida malaka oshirgan, 2003-2005 yillarda 5 marta AQSh ning USAID jamg’armasi tomonidan tashkil qilingan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda qatnashib chet el sertifikatlariga ega bo'lgan.

2014 yilda raxbar xodimlr uchun Respublika Bosh Ilmiy Metodik Markazida malaka oshirgan.

Yangiboev Zaribboy Radjabovich-  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Fakultet va gospital jarroxligi kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, professor

Zaribboy Yangiboev 1948 yilda tug’ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 1972 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tugatgan.

1972-1975 yillarda Gurlan tumani markaziy shifoxonasida travmatolog-jarrox bo'lib ishlagan. 1976-78 yillar mobaynida Moskvadagi A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya institutida jarroxlik mutaxassisligi bo'yicha klinik ordinaturada va 1978-1981 yillarda aspiranturada taxsil olgan. 1981 yilda «Jigar, o't yo'llari kasalliklarini jarroxlik yo'li bilan davolashda kesish va tikishning yangi uslubini qo'llash» mavzusida nomzodlik va 1987 yilda «Katta duodenal so'rg’ich torayishini tashxislash va jarroxlik usulida davolash» ga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli ximoya qilgan.

Z. Yangiboev jarroxlik fanidan o'ziga xos original davolash va tekshirish usullarini amalga oshirgan olim. Uning jigar, o't yo'llari va oshqozon osti bezi kasalliklarini tashxislash va davolashga bag’ishlangan original usullari respublikamizning barcha klinikalarida va xorijda jarroxlik amaliyotida keng qo'llanilmoqda.

Professor Z. Yangiboev 1995-1998 yillar davomida Urganch davlat Universiteti prorektori va Tibbiyot markazi direktori lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. 1995 yildan 2006 yilgacha Fakultet va UASh jarroxligi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan. 2007 yildan boshlab Fakultet, gospital va UASh jarroxligi kafedrasi mudiri. Professor Z. Yangiboev rahbarlik qilayotgan Fakultet, gospital va UASh jarroxligi kafedrasi doimo barcha ko'rsatkichlar bo'yicha yuqori natijalarga erishishga xarakat qiladi. Professor Z.Yangiboev tashabbusi bilan Respublikada birinchi bo'lib Xorazm viloyati 1-son klinik shifoxonasida 1999 yilda Endoxirurgiya bo'limi ochilgan va xozirgi kungacha endovizual texnologiyalar yordamida bajariladigan operatsiyalarning 20 dan ortiq yangi usullari amaliyotga kiritilgan.

Z. Yangiboev mashxur olim, ajoyib ustoz pedagog, chuqur bilimga ega bo'gan malakali xirurg. Xirurgiya sohasida katta tajribaga ega. Z. Yangiboev rahbarligida 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan va XVKTTM da jigar, o't yo'llari va oshqozon osti bezi kasalliklariga bag’ishlangan 30 dan ortiq yangi jarroxlik va endojarroxlik usullari amaliyotga kiritilgan.

Uning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari va 10 dan ortiq o'quv qo'llanmalari va ommabop risolalari vatanimiz matbuotida va chet ellarda chop etilgan. U jarroxlikdagi turli xil kasalliklarga tashxis qo'yish va davolashga yo'naltirilgan 6 ta xorij davlatlari patentlari, 19 ta ixtiro va 4 ta ratsionalizatorlik sertifikatlari muallifidir. Uning ixtirolaridan biri hisoblangan «To'qimalarni kesish va to'g’ri chok qo'yishga mo'ljallangan xirurgik tikish apparati» ga AQSh, Kanada, Angliya, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarining patenti berilgan.

1997 yilda professor Z. Yangiboev AQSh ning IREX tashkiloti tomonidan tibbiyot va tibbiy ta'lim sohasining reformasi to'g’risida e'lon qilingan grantning nafaqat Respublikamizda, balki, butun MDH davlatlari ichida yagona sovrindori bo'lib, AQSh dagi tibbiyot institutlarida olti oy davomida malaka oshirib kelgan, u rus va ingliz tillarida bemalol ma'ruzalar o'qish imkoniyatiga ega.

Z. Yangiboev o'zining siyosiy va nazariy saviyasini doimo oshirib boradi, o'zining kamtarligi, qo'l ostidagi xodimlarga samimiyligi va talabchanligi bilan ajralib turadi.

Z. Yangiboev filialimiz xodimlari va talabalar o'rtasida katta hurmatga sazovor insondir.

XAITBAEV Sardor Kuronbaevich  (29.11.1983, Urganch tumani J/Manguberdi f/x.) —  kafedra assistenti. TTA Urganch filiali «davolash fakulteti» 2007 yil tamomlagan. Keyinchalik 2007-2010 yilda TTA «Torakal xirurgiyasi» yunalishi buyicha magistraturani tamomlagan.

2010 yildan shu kungacha RShTEIM Xorazm filialida navbatchi xirurg lavozimida ishlagan. 2014 yil 2-sentyabrdan TTA Urganch filiali  “FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYaSI” Kafedrasiga assistent lavozimiga ishga kabul kilingan.

Allanazarov Allanazar Xudashukurovich 1985 yil 15 sentyabrda Xazarasp tumani Sanoat qishlog’ida tug’ulgan. 2003 yilda 1 son iqtidorli bolalar litseyini tugatib, 2004 yil 1 TTI urganch filialiga o’qishga qabul qilindi. 2011 yilda tugatib TTA magistraturaga kirib 2014 yilda tugatgan. 2014 yildan TTA urganch filiali fakultet va gospital xirurgiya kafedrasiga assistant bo’lib ishga kirgan.

RAXIMOV Anvar Pulatboevich (24.06.1988, Xorazm viloyati Bogot tumani Bogot kuchasi 1 uy.) —  kafedra assistenti. 2005-2012 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi. 2012-2015 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Umumiy xirurgiya yunalishi buyicha magistranti. 2015 yil 2 sentyabrdan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi assistenti bo’lib ishlaydi.

Xozirgacha 10 dan ortik tezis va makolalar respublika va chet davlatlar nufuzli jurnallarda chop etilgan. 2 ta uslubiy qo’llanma chiqargan. «Adrenal genezli arterial gipertenziyasi bor bemorlarda  Laparoskopik adrenalektomiyani  roli» mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormokda. 

ESAMURATOV Aybek Ibragimovich (09.08.1975, Yangibozor tumani, Obod ko'cha 3 uy) — kafedra katta o’kituvchisi, tibbiyot fanlari nomzodi, Esamuratov Aybek Ibragimovich 1975 yilda tug’ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 1991-1998 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialining pediatriya fakultetini, 2000-2002 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Otorinolaringologiya yo'nalishi bo'yicha klinik ordinaturani tugatgan.

2007 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.

Xozirgacha 90 dan ortiq tezis va maqolalarni respublika, MDX va Evropa mamlakatlarining nufuzli jurnallarida chop ettirishga erishish bilan birgalikda, 5 ta o'kuv-uslubiy qo'llanma va 3 ratsionalizatorlik taklifi, 4 ta amaliy tadbirlarning xam muallifidir.

AVEZOV Muxiddin Ikromovich (13.03.1983, Xazorasp tumani, Nurli yo’l ko'chasi 63uy) — kafedra assistenti (28.08.2015.dan), Avezov Muxiddin Ikromovich 1983 yilda tug’ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2000-2007 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialining davolash fakultetini, 2007-2010 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutida Otorinolaringologiya yo'nalishi bo'yicha magistraturani tugatgan.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Otorinolaringologiya yo'nalishida dastlab aspiranturani (2010-2012yillar) keyinchalik doktoranturini (2012-2014yillar) muvaffaqiyatli tugatdi.

Xozirgacha 30 dan ortiq tezis va maqolalarni respublika, MDX va Evropa mamlakatlarining nufuzli jurnallarida chop ettirishga erishish bilan birgalikda, 4ta o'kuv-uslubiy qo'llanma va 1 ratsionalizatorlik taklifi, 4 ta amaliy tadbiqlarning xam muallifidir.

Madirimov Ikrom Reyimberganovich 1974 yil 18-dekabrda tug’ilgan. 1993-2000 yillarda I-ToshDavTO ni tugatgan. 2000-2002 yillarda Xorazm viloyati ko’z kasalliklari klinikasida vrach bo’lib ishlagan. 2002-2004 yillarda I ToshDavTO urganch filialida ko’z kasalliklari kafedrasida klinik ordinaturada o’qigan. 2013 yildan TTA Urganch filiali Fakultet va gospital jarrohligi kafedrasida Asistent bolib ishlaydi.

KURYAZOV Odilbek Ibragimovich. (25.02.1978. Urganch shaxar, Buston kuchasi 16/16). 2014 yil 28 avgustdan kafedra assistenti lavozimida ishlab kelmokda. 2010 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakultetini tamomlagan. 2014 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya yunalishi buyicha magistraturani tugatgan.

6 dan ortik ilmiy maqolalar muallifi. 3 ta xalkaro konferentsiyalar katnashchisi. Sertifikatlar soxibi.

Sultonova Fazilat Aminboevna 1985 yili 17 yanvarda Xorazm viloyati Ko'shko'pir tumanida tugilgan. 2001-yilda tumandagi 1-sonli litseyni tugatib I-ToshMI davolash fakultetiga talabalikka qabul qilingan. 2008-yili Toshkent Tibbiet Akademiyasi ko'z kasalliklari kafedrasi magistraturasiga kirgan. Magistrlik amaliyoti davomida «Virusli keratitlarda nosteroid yalliglanishga qarshi vositalarni qo'llash effektivligini baxolash» mavzusi bo'yicha ilmiy ish qilib ,shu mavzu yuzasidan ikkita chet tilida ,ikkita o'zbek tilida maqolalar chop qilgan. 2014-yili Toshkent Tibbiet Akademiyasi Urganch filiali Fakutet va gospital jarrohlik kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. 2015-yili shu kafedraning ma'naviy-marifiy ishlariga ma'sul qilib tayinlandi.

 

 

 

 

Kafedramiz xodimlari, klinik ordinatorlar, va talabalrga xaftaning xar juma kuni axborot soatlari utkazilib, ularning e'tiboriga ilmiy-ommabop, siyosiy, davlatimiz xayotiga doir turli mavzularda videolavxalar, va takdimotlar namoish etiladi, va muzokaralar olib boriladi.

Kafedrada «YOsh jarroxlar» tugaragi tashkil kilingan bulib, bunga jalb kilingan talabalar turli mavzular buyicha chukurbilimga va amaliy kunikmalaga ega buladilar

 TJda  xar oyda ma'kaviyat kunlari  belgilangan bulib, kafedra xodimlari tomonidan reja asosidagi mavzular buyicha takdimotlar utkazilidi va kafedraga biriktirilgan xonalarning sanitar – gigienik xolati nazoratdan utkazib turiladi.

 Targibot-tashvikot ishlari buyicha 2016 yilning fevral oyida Xorazm viloyati Asaka bankida takdimot utkazildi.

Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi professori Yangibaev Z.R. rahbarligi ostida ko’plab ilmiy ishlar qilingan va amaliyotga tadbiq qilingan.

Kafedra xodimlari tomonidan Xorazm viloyati jarroxlik amaliyotiga birinchi marta kiritilgan yangi operatsiyalar ro’yxati:

  1. Laparoskopik xolesistektomiya-1995
  2. Laparoskopik sistektomiya-1997
  3. Laparoskopikixtiyoriyjarrohlik sterilizatsiyasi-1997
  4. Laparoskopik appendektomiya-1998
  5. Laparoskopikbitishmalarni ajratish-2000
  6. Laparoskopik bachadon ventrofiksatsiyasi-2000
  7. Transduodenal papillosfingtroplastika-1998
  8. Me’da yara kasalligi va o’t tosh kasalligi bilan birga uchraganda yangi operatsiya usuli -2000
  9. Torakoskopik operatsiyalar-2000
  10. Suniy qin yasash usullari-1997
  11. Laparoskopikjigar exinokokkektomiyasi-2000
  12. Intraoperatsion laparoskopik xoledoxoskapiya usuli- 2008

Kafedra xodimlari chet elda har yili konfrensiyalarda ishtirok etadilar va malaka oshiradilar.

Yan gibaev Z.R.- Sidney (1995), Nyu-York,Vashington, Mayami (1997,1998), Moskva (2005), London (2010)

Batirov D.Yu. – Bishkek (2003), Dushanbe (2004), Almata (2004,2005), Astana (2005)

Eshmetov Sh.R. – Tallin (2004), Sankt-Peterburg (2006), Dehli (2007).

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayorlangan ilmiy ishlar

2000-2016 yillardavomida

Soni

Ilmiymaqolavatezislar

512

Uslubiyqo’llanmalar

38

O’quvqo’llanmalar

2

Ratsionalizatorliktakliflari

52

Ixtirolar

24

Chet el patentlari

6

 O’tgan davr mobaynida kafedraning quyidagi professor-o’qituvchilari ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.

 

F.I.Sh.

Mutaxasisligi

Himoya yili

1

Batirov D.Yu.

Jarrohlik

2006

2

Niyazmetov B.

J S va SS

2005

3

Esamuratov A.I

Mikrobiologiya

2007

4

Xalimov O.A

Jarrohlik

2006

5

Ibodullaev K.B

Jarrohlik

2010

6

Yangibaev O.Z.

Jarrohlik

2006

Shuningdek kafedra xodimlari xar yili OTM lar, viloyat va respublika miqyosida utkazilib kelinadigan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmokdalar.

Keyingi yillarda kafedraning ilmiy salohiyatini osirish maqsadida kafedra xodimlari tamonidan chet el grandlari va ilmiy innovatsion g’oyalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek kafedra hodimlari tamonidan ilmiy izlanishlar bilan bog’liq amaliyotda qo’laniluvchi zamonaviy diagnostik asbob uskinalar olib kelib o’rnatildi.

 

 

 

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.