
Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Filial haqida
- Detallar
- 16584 marta ko'rildi:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-son qarori va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1992- yil 20-martdagi 171-sonli buyrug’iga asosan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filialini Xorazm viloyati O’rta malakali tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bilim yurti bazasida tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 31-mayda imzolagan Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi qaroriga asosan filial Urganch Davlat universiteti tarkibiga tibbiyot markazi sifatida ikkita fakultet bilan o’tkazildi.
Respublika hukumatining 1998-yil 3-iyundagi 239-sonli qaroriga asosan UrDUning Tibbiyot markazi qaytadan mustaqil o’quv maskaniga aylantirildi.
Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali 1998-yil 3-iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi (va uning Urganch filiali) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 178-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.
TTA Urganch filiali fakultetlari va kafedralari tuzilmasi:
- fakultetlar soni - 2;
- kafedralar soni - 18.
Fakultetlar nomi.
-Davolash
-Pediatriya
Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari soni - 5,
Davolash ishi yo’nalishi – 497 nafar (45,2%);
Pediatriya ishi yo’nalishi – 335 nafar (30,4%);
Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi – 42 nafar (3,8%);
Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 103 nafar (9,3%);
Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 122 nafar (11,1%);
Talabalar kontingenti.
Hozirgi kungacha jami: 1567 nafar, shundan bakalavriatda 1333 nafar (shu jumladan ayollar 409).
klinik ordinaturada 234 nafar (ayollar 95 nafar)
2018/2019 o’quv yilida ajratilgan kvotalar soni 240 ta, shundan:
Davolash ishi yo’nalishi –100 nafar (41,6%);
Pediatriya ishi yo’nalishi – 40 nafar (16,6%);
Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi –20 nafar (8,3%);
Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 20 nafar (8,3%);
Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 60 nafar (25,0%);
Qabul qilingan talabalar soni 249 nafar, shundan:
Davolash ishi yo’nalishi –106 nafar (42,5%);
Pediatriya ishi yo’nalishi – 41 nafar (16,4%);
Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi –20 nafar (8,0%);
Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 22 nafar (8,8%);
Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 60 nafar (24,0%);
Xorijiy fuqarolar 216 nafar,shundan:
Davolash ishi yo’nalishi –196 nafar (90,7%);
Pediatriya ishi yo’nalishi – 10 nafar (4,6%);
Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi – 0 nafar (0,0%);
Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 0 nafar (0,0%);
Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 10 nafar (0,0%);
Professor-o’qituvchilar tarkibi.
Asosiy shtatda – 196 ta.
- 10 (5,1 %) fan doktorlari, professorlar;
- 33 (16,8 %) fan nomzodlari , dotsentlar;
- 153 (78.0 %) katta o’qituvchi va assistentlar.
TTA Urganch filiali moddiy-texnik bazasi.
Bosh binoning umumiy sig’imi– 1375 nafar talabaga mo’ljallangan,
jami 89 ta xona mavjud bo’lib, jumladan:
o’quv auditoriyalari soni–55– barcha auditoriyalarda elektron doskalarga ehtiyoj mavjud.
ma’ruza xonalari – 16– multimediyajihozlari bilan jihozlangan,
professor-o’qituvchilar xonasi–6
O’quv –yordamchi xonalar:
Laboratoriya xonalari 6 ta, (laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik 100 %).
lingafon sinflari 6 ta,
Kompyuter sinflari soni 2, kompyuterlar soni 290 (1 kompyuterga 4 nafar talaba to’g’ri keladi), Internetga ulangan kompyuterlar soni 187
Talabalar turar joylari soni 1, o’rinlar soni 230– har qavatda 2 tadan elektr pechkalariga ehtiyoj bor.
Talabalar uchun ovqatlanish majmualari: Oshxonalar soni 1 ta(200 ta o’ringa ega); bufetlar soni 1 ta.
Sport majmualari: yopiq zallar soni 1 ta, ochiq sport maydonchalari soni 2 ta.