+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Pediatriya fakulteti

PEDIATRIYA  FAKULTETI HAQIDA

 

        O‘zbekiston mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida keng qamrovli tub islohotlar amalga oshirish orqali yangi va ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Sohani yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish hamda mamlakatimizning sog’liqni saqlash tizimida faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 1993 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Pediatriya fakulteti tashkil qilingan. Hozirgi kunda fakultetga 9 ta kafedra qarashli bo‘lib, ular filialning asosiy o‘quv binosida va Urganch shahridagi shifoxonalarda joylashgan. Shuningdek, talabalar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan VKTTM, VBKTTM, RSHTYOIM Xorazm filiali, Viloyat perinatal markaziy klinikalari ba’zalarida o’z bilimlarini mustahkamlab bormoqdalar.

 

 

Bugungi kunda fakultetda 5 ta’lim yo’nalishi bo’yicha 623 nafar talaba tahsil olmoqda.

  1. 5510200 – Pediatriya ishi – 315 nafar;
  2. 5111000 – Kasbiy ta’limi – 97 nafar;
  3. 5510400 – Stomatologiya – 171 nafar;
  4. 5510900 – Tibbiy biologiya – 31 nafar;

 

Pediatriya fakultetiga qarashli kafedralarda jami professor-o’qituvchilar soni 121 nafar, shundan 112 (92,56%) nafar asosiy xodimlar hisoblanadi. Shundan 4 nafari (3,3%) fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dotsentlar 28 nafar (23,1%), katta o’qituvchilar 18 nafar (14,9%), Assistentlar – 71 nafar (58,7%)ni tashkil qiladi.

 

Pediatriya fakultetida O’zbekiston Respublikasidan 614 nafar (98.5%) talaba, shundan Xorazm viloyatidan 461 nafar (75.1 %), boshqa viloyatlardan 153 nafar (24,9%) talabalar tahsil olishadi.

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.