+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi

 

 

Bo‘lim boshlig‘i: Alimov Elyorbek Narxanovich

Telefon: (+99862) 224-83-64

Telefon: (+998 93) 745-01-01

Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

Bo’lim uslubchisi: Xusainova Guli Shavkatovna

Telefon: (+99878) 770-46-73

Telefon: (+998 97) 511-15-06

 

 

 

 

 

 

 

Bo’lim uslubchisi: Karimov Umid Ollaberganovich

Telefon: (+99878) 770-46-73

Telefon: (+998 91) 422-00-44

 

 

 

 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali  ma’naviyat - ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi filialning ma’naviy-ma'rifiy sohadagi faolligini oshirish bilan birga filial talabalari ongida ma’naviy o‘zlikni anglash, ularda tariximiz, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qarashlarni rivojlantirish, odob-axloq muammolari va ularni oldini olish, o‘zaro hurmat, insoniy xislatlarni singdirish va yana bir qator masalalarni yoritishga, filialda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qilish, sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat tashkilotlari va kafedralarning ma’naviyat sohasidagi ilg’or tajribalarini ommalashtirish, zarur ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, adabiyotlar tayyorlash va chop ettirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish bilan birga ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son Qarori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Nizomlari hamda boshqa bir qator normativ hujjatlar va qonunlarga tayangan holda o‘z faoliyatini olib boradi. 

 

Bo‘limning maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g’ayriinsoniy g’oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiysi bo‘lib yetishtirishdan iboratdir.

 

Bo‘limning vazifalari 

 

- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o‘tkazish;

 

- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

 

- milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni tashkil etish;

 

- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish;

 

- institutda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish;

- respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etadi.


Filial psixologi

 

 

 

Filial psixologi:  Avazyazova Dilfuza Shavkatovna

Telefon: (+99899) 9671488

 

 

 

 

 

Filial psixologining lovozim yo’riqnomasi

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialipsixologi faoliyati ta’lim xizmatlari sohasiga mansub bo’lib, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda talabaning har tomonlama garmonik, to’laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi optimal shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialipsixologi o’zining talaba xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari, kasbiy bilimlari, talabalar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlari, o’quv-tarbiya jarayonini tashkillashuviga tayanib, shaxsga individual yondashuv imkoniyatlarini beradi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, me’yordan chetlashishlarning ehtimolli sabablarini, psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo’llarini aniqlaydi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialipsixologi faoliyatining tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari, o’qituvchilari, ota-onalari bo’lib hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilishi mumkin.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali psixologi o’z faoliyatini o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, fakultetlar, tibbiyot xodimlari, muayyan komissiyalar, ota-onalar hamda filial jamoasi bilan uzviy aloqada amalga oshiradi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali psixologi talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo’naltiradi, ijtimoiy o’sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar kamolotiga yetaklovchi modelni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali psixologining faoliyati yo’nalishlari:

 

      - psixoprofilaktik ishlar

 

      - psixologik maorif va ma’rifat

 

      - psixodiagnostika

 

      - psixik rivojlantirish va psixokorreksiya

      - psixologik konsultatsiya


Talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog

 

 

 

 

Talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog :  Raximov Azizbek Bekturdiyevich

Telefon: (+99894) 1118282

 

 

 

 

 

Talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagogning

LAVOZIM YO’RIQNOMASI

Talabalar turar joylarida (keyingi o’rinlarda matnda — TTJ deb yuritiladi) tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiya ishlari filial Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

 

  1. TTJda tarbiyachi-pedagog shtatini joriy etishdan maqsad - talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli va samarali o’tkazish hamda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va ko’rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, filial talabalari ongiga milliy g’oyani singdirish, ularda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod inson shaxsini shakllantirish masalasi, talaba-yoshlarning siyosiy ongini, xushyorligini yanada oshirish, jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatini tarbiyalash, hozirjavobligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli ekstremistik oqimlar ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ruhini shakllantirish va barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.
  2.   Tarbiyachi-pedagog TTJda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi va  talabalarning tarbiyaviy ishlari bilan shug’ullanadi.
  3. TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar filial ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi bilan birga quyidagi hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi:

 

Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti kengashi,

 

filial Xotin-qizlar qo’mitasi,                                                                           

 

“Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi,

 

kasaba uyushmasi,

 

fakultet dekanatlari,                                                                               

 

kafedralar,                                                                                         

 

boshqa jamoat tashkilotlari vakillari.

 

Hamkor tashkilotlar vakillari TTJga belgilangan reja asosida tashrif buyurishadi.

 

4.  Tarbiyachi-pedagogning vazifalari:

 

-TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha yillik reja tuzadi va O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi;

 

-TTJdagi talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida davra suҳbatlari o’tkazadi, qiziqarli mavzularda bahs-munozara va debatlar, ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi kechalar tashkil etadi.

 

-  ishlab chiqilgan reja asosida guruh murabbiylarining turar joyiga tashrifini tashkil etadi;

 

- talabalarning yashash sharoitlari va ularning dars bilan bogliq muammolari haqida tushunchalar hamda yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi;                                          

 

-talabaning odob-axloqi, o’zini tutishi va kiyinish madaniyatiga qay darajada e’tibor qilayotganini nazorat qiladi;

 

-tegishli reja asosida “Kafedra kunlari” ni tashkil etadi.

 

-talabalar kengashi ishini tashkil etish va mas’uliyatini oshirishga ko’maklashadi (zarurat tug'ilganda talabalar xulq-atvorini talabalar

 

kengashi muhokamasiga qo'yadi);                                                               

 

-qavatlar va xonalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni talabalar turar joyi Direktsiyasi boshlig’i va filial rahbariyati e’tiboriga havola etadi;     

 

-“Namunali xona” ko’rigini o’tkazib, g’olib xona egalarini rag’batlantirish va talabalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi; _

 

-TTJda pasport va kirish-chiqish tizimi, shuningdek, yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini olib boradi;

 

-TTJda joriy etilgan tartib-intizom va qoidalarni qo’pol ravishda buzib, axloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talabalarni muhokama qilish, ularni talabalar turar joyidan chetlatish bo’yicha talabalar turar joyi ma’muriyati va fakultet dekanlari, direktor o’rinbosarlarga ma’lumotlar kiritadi;

 

-TTJdagi madaniy dam olish xonalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz bayramlari va tantanali sanalarga bag’ishlab ko’zga ko’ringan jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini o’tkazishda faol ishtirok etadi, filial Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi bilan kelishgan holda, talabalarning muzeylar, teatrlar va ko’rgazmalarga tashrifini tashkil qiladi;     

 

-TTJni zamonaviy dizayn talabalari asosida jihozlash, kerakli shiorlar, rasmlar va devoriy lavhalar qo’yish uchun takliflar beradi,

 

-talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida yilning har choragida huquq- tartibot organlari - prokuratura, sud va ichki ishlar xodimlarining TTJdagi talabalar bilan uchrashuvlarini yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlaydi;           

 

-talabalarni filial hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari faoliyati, shuningdek, bo’lajak mutaxassislar sifatida qo’yilgan talablar bilan tanishtirib boradi;

 

-TTJda yashovchi talabalarning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

 

-TTJda istiqomat qilayotgan talabalarning ota-onalari bilan muntazam aloqada bo’lib, ularning so'rovlari asosida farzandlarining umumiy ahvoli va ta’lim-tarbiyasi haqida ma’lumot beradi;

 

-turdosh ta’lim muassasalaridagi tajribali tarbiyachi-pedagoglar bilan yaqindan aloqada bo’lib, ular bilan muntazam tajriba almashib boradi;

 

-shuningdek, TTJda talabalarning darsdan tashqari vaqtlardagi faoliyati tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash, talabalarni ijtimoiy foydali ishlar, qiziqarli tadbirlar bilan qamrab olish, ularning madaniy dam olishlarini tashkil etish, fanlarni o'zlashtirish va dars tayyorlash shart-sharoitlarini yaxshilash, talabalar turar joyiga kirish va chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, turli yot g’oyalarning maqsad va intilishlaridan ogoh etish, giyohvandlik, OITS va boshqa illatlardan saqlash kabi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi,

 

5. TTJda tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni Talabalar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

 

6. Tarbiyachi-pedagog quyidagilarni bilishi kerak:

 

7. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, filial talabalari bilan pedagogik-psixologik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borishning usul va uslublarini hamda tarbiya jarayoni bo’yicha belgilangan normativ ҳujjatlarni.

 

8. Tarbiyachi-pedagog lavozimiga qabul qilinadigan kadrlarga qo’yiladigan talablar:

 

- oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomiga muvofiq pedagog (magistrlik darajasida), agar boshqa yo’nalishni tamomlagan bo’lsa, kamida 5 yil ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonida faoliyat olib borgan bo’lishi;

 

-ta’lim muassasasida kamida 3 yil dars bergan bo'lishi;                   .

 

-ishga qabul qilinayotgan vaqtda kamida 30 yoshga to’lgan bo’lishi;

 

-katta hayot tajribasiga hamda talabalarga o’rnak va namuna bo'ladigan fazilatlarga ega bo’lishi;

 

-pedagogika, psixologiya va tarbiya haqida dastlabki bilimlarni bilishi;

 

- yoshlarga oid davlat siyosatini, bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy ҳayotda kechayotgan voqealar hamda O’zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiyaga oid siyosatini bilishi;

 

-rahbarlik qobiliyati va ishlarni tashkil etish mohoratiga ega bo’lishi;

 

-vazifalariga nisbatan mas’uliyat va javobgarlikni his qiladigan bo’lishi;

 

-kitobxonlik madaniyatiga hamda boshqa namunaviy shaxsiy fazilatlarga 

 

- intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi.

 

9. Tarbiyachi-pedagogning ish vaqti: kech soat 16.00 dan 22.00 gacha, ertalab soat 06.00 dan 08.00 gacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.

 

Tarbiyachi-pedagog talabalar turar joylarida o’tkazilishi belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlamagan professor-o’qituvchilar va kafedralar faoliyati bo’yicha ularga ma’muriy-tashkiliy choralar ko’rish masalalari bo’yicha direktoratga takliflar kiritish qo’yish huquqlariga ega.

 

10. Talabalar turar joylarida o'tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-tarbiyaviy tadbirlar filialning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi doirasida amalga oshiriladi.

11. Bitta talabalar turar joyiga 1 shtat birligi ajratilgan bo’lib, ularga 2 nafardan (har biri 0,5 stavkadan) tarbiyachi-pedagog qabul qilinishi mumkin.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.