Xisobot bo‘limida 2 nafar bosh hisobchi o‘rinbosari, 1 nafar kontrakt mablag‘lari hisobchisi, 1 nafar 1-toifali xisobchi va 1 nafar g‘aznachi faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish;
Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishi;
Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflash;
Stipendiya fondini direktor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflash;
Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilish;
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflash;
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazish;
Sog‘liqni saqlash vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirish.