Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Axborot resurs markazi
Sultanova Shakarjon Jumaniyozova
Axborot–resurs markazi direktori:
Tel: +99 (893) 742-68-08
1992 yilda Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari rektorlari, professor T. O. Daminov va professor H. Yo. Karimovning ko'r-satmasiga asosan Urganch filialiga tibbiyotga oid 5 mingdan ortiq darslik va qo'llanma kitoblari ajratilgan. Filial kutubxonasi mudiri vazifasini bajargan Viloyat tibbiyot kutubxonasi direktori M. Polvonovaning sa'y-harakatlari bilan viloyat "Kitobsavdo" bazasi, kitob do'konlari va ayrim tumanlar markaziy kutubxonalaridan tibbiyotga doir nashrlar tanlab olindi va kutubxona fondi to’ldirildi.
Dastlabki yillarda filial kutubxonasi ma'muriy binoda joylashgan bo’lib unda 30 o'rinlik kichik o'quv zali bor edi. 1998 yilda kutubxona asosiy o'quv kafedralari joylashgan yangi binoga ko'chirildi. Natijada yangi joyda kitoblarni saqlash xonalari, 2 ta o'quv zali va uning "Talabalar uyi"dagi bo'limi tashkil etildi. Kutubxona mudirasi G. Karimova boshchiligida o'qituvchi-pedagoglar va talabalarni yangi darslik, qo'llanma, ilmiy jurnallar va vaqtli matbuot nashrlari bilan yetarli darajada ta'minlashda astoydil harakat qilindi.
Filial kutubxonasidagi kitoblar soni yildan-yilga ortib bordi. 1992 yilda kutubxona fondidagi kitoblar soni 5644 tani tashkil qilgan. Bugungi kunda kitoblarning umumiy fondi – 5202 nomda 58551 sonda tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlanishi tashkil etish to‘g‘risida” gi qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiaining 2006 yil 6 iyuldagi №71-IB sonli buyrug‘iga asosan Axborot-resurs markazi tashkil etildi. 2006 yil Axborot-resurs markaziga Sh. Bekchanova rahbarlik qilgan, 2014 yildan Sh. J. Sultanova rahbarlik qilib kelmoqda.
Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim mavjud:
- ilmiy uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi;
- axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi;
- axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonementlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda);
- elektron axborot resurslari bo‘limi;
- xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi.
Axborot-resurs markazi fondidagi adabiyotlar o`zbek, rus va xorijiy tillarda bo`lib, xilma-xil darsliklar, o`quv qo`llanmalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, badiiy, ilmiy, xorijiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, monografiyalar, o`quv-uslubiy va ilmiy-uslubiy qo`llanmalar, davriy matbuot nashrlari, ko`plab elektron adabiyotlar, CD-DVD disklarni, audio, video fayllar va boshqa resurslarni o`z ichiga oladi.
Axborot-resurs markazida 13 ta xodim faoliyat ko’rsatadi, shulardan 7 nafari oliy, shundan 3 tasi kutubxonashunoslik mutaxassislikka ega, qolgan 6 nafari o’rta-maxsus ma’lumotli mutaxassislar.
Urganch shahrida joylashgan “Shodlik” mahallasida 1-tarmoq kutubxonasi faoliyat ko’rsatadi. Tarmoqning umumiy fondi 7042 sonda 2741 nomdagi kitoblarni tashkil etadi va aholiga namunali xizmat ko’rsatadi.
Talabalar va professor-o’qituvchilar uchun ARMda keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Elektron kutubxonadagi mavjud ma’lumotlar bazasida 8047 ta elektron resurslar jamlangan. ARM zamonaviy jihozlangan, o`quv zallari 3 ta bo’lib, 150 o’ringa mo’ljallangan. Elektron kutubxonada 23 ta kompyuterlar bo`lib, ularning barchasi lokal tarmoqqa ulangan. Internet, ZiyoNetga ulangan va Wi fi tarmoqlari mavjud. Kafedrada o’qitiladigan fanlarning audio va video fayllar professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlanib, ARM ma’lumotlar bazasida saqlanib talabalarning mustaqil foydalanishi uchun sharoit yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan. “Kitob mahsulotini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob bilan do`stlashish, kitobga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplashda o‘z samarasini bermoqda.
Axborot-resurs markazi fondi o‘quv adabiyotlar bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko`plab xarid qilinib to‘ldirib borilmoqda.
Filial ARMida “Kitobxonlar klubi” tashkil etilib, bugungi kunda o‘z faoliyatini olib bormoqda.
ARMda yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat, bilimga chanqoqlik tuyg’usini singdirish maqsadida davra suhbati, adabiy kecha, seminar-treninglar, kitob taqdimotlari, kitob bayrami va yarmarkalari o’tkaziladi. O’tkazilgan barcha tadbirlar filial www.urgfiltma.uz saytida yoritilib boriladi.

Xudaybergenova Muborak Sultanovna
Ilmiy uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi 2-toifali kutubxonachisi
Tel: +99 (891) 912-53-11
E-mail:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ibragimova Muqaddam Shokirovna
Ilmiy uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi kutubxonachisi
Egamova Shahlo Nurmamatovna
Ахborot-kutubxona resusrlarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi mudiri
Xudayberganova Karomat Raimovna
Ахborot-kutubxona resusrlarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi 1-toifali kutubxonachisi
Xakimova Nigora Atabayevna
Ахborot-kutubxona resusrlarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi 1-toifali kutubxonachisi
Xalbayeva Ravshan Saparniyazovna
Ахborot-kutubxona resusrlarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi yetakchi mutaxassisi
Qadamova Gulrux Ravshanbek qizi
Аxborot-kutubxona resuralari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi (abonomentlarga xizmat ko`rsatish, o`quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda) mudiri
Kupalova Zubayda Erkinbayevna
Ахborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi (abonomentlarga xizmat ko`rsatish, o`quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda) kutubxonachisi
Ro’zmatova Matluba Otayevna
Ахborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi (abonomentlarga xizmat ko`rsatish, o`quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda) kutubxonachisi
Bekchanova Moxira G’anijon qizi
Elektron axborot resurslari bo’limi elektron kutubxonalar kutubxonachisi
Yarmatova Anaxon Egamberganovna
Хоrijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo'limi 2-toifali bibliografi
Karimova Gulzoda Ikramovna
Хоrijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limi 1-toifali kutubxonachisi