Axborot texnologiyalari markazi filialtda o`quv jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha asosiy bo`linma hisoblanadi va o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosariga bo`y sunadi.
Axborot texnologiyalari markazining faoliyati «Ta'lim to`g`risidagi» qonunga, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy hujjatlari va buyruqlariga, filial ustaviga va mazkur nizomga muvofiq ravishda o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan reja asosida tashkil qilinadi.
Axborot texnologiyalari markazining kompyuter zali madiri o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari taklifiga binoan, o`rnatilgan tartibda, TTA Urganch filiali derektor tomonidan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.
Axborot texnologiyalari markazi o`z faoliyati yuzasidan universitet direktorga, o’quv ishlar bo’yicha direktori o’rinbosariga, shuningdek, filial ilmiy kengashiga yilda bir marta hisobot beradi.
Axborot texnologiyalari markazi strukturasi va shtatlari o’quv ishlar bo’yicha direktori o’rinbosari taklifiga binoan va OO`MTV bilan Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muasassalarining boshqaruv, xizmatchi va texnik xodimlarining namunaviy shtatlari»ga muvofiq direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Axborot texnologiyalari markazi xodimlari orasida vazifalar bo`lim boshlig`i tomonidan taqsimlanadi.
Axborot texnologiyalari markazi xodimlarining huquq va vazifalari bo`lim maqsadlari va vazifalariga, shuningdek amaldagi qonuniyatga muvofiq ishlab chiqilgan va o’quv ishlar bo’yicha direktori o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan xizmat instruktsiyalari bilan belgilanadi.