Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Iqtidorli talabalar
- Detallar
- 2126 marta ko'rildi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2014-2019 yillarda tamomlagan talabalardan nomli davlat stipendiyalar olganlar ro’yxati
T/R |
Talabalarning F.I.SH. |
Fakulteti |
Olgan yili |
Prezident stipendiyasi |
|||
1 |
Yusupova Shaxnoza Akramovna |
Pediatriya fakulteti |
2015 yil |
Islom Karimov nomidagi |
|||
1 |
Nurullaev Bobur Rustamovich |
Davolash fakulteti |
2018 yil |
2 |
Musayeva Amina Fayzullayevna |
Davolash fakulteti |
2019 yil |
Ibn Sino davlat stipendiyasi |
|||
1 |
Nuraliev Farid Nekqadamovich |
Davolash fakulteti |
2010 yil |
2 |
Rajapova Shahnoza Allaberganovna |
Pediatriya fakulteti |
2011 yil |
3 |
Jumaniyazov Jo’rabek Sobirjonovich |
Davolash fakulteti |
2013 yil |
4 |
Matmuratov Zuxrob Sobirjanovich |
Pediatriya fakulteti |
2014 yil |
5 |
Razzoqberganova Gulnora Odilbekovna |
Davolash fakulteti |
2015 yil |
6 |
Alimova Maxliyo Maxmud qizi |
Davolash fakulteti |
2018 yil |
7 |
Ismailov Anvarbek Ulug'bek o'g'li |
Davolash fakulteti |
2019 yil |
O’zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasi |
|||
1 |
Yusupova Shaxnoza Akramovna |
Pediatriya fakulteti |
2014 yil |
2 |
Avezova Zilola SHavkatovna |
Pediatriya fakulteti |
2015 yil |
3 |
Matmuratov SHaxboz SHuxratovich |
Davolash fakulteti |
2016 yil |
4 |
Raximboev Moxmudjon SHavkatovich |
Pediatriya fakulteti |
2017 yil |
5 |
Djumaniyozov Sarvar Sardorbekovich |
Pediatriya fakulteti |
2017 yil |
6 |
Abidov Farruxbek Ozad o'g'li |
Davolash fakulteti |
2019 yil |
Akbarxon Abdazxo'jayev nomidagi ta'lim granti |
|||
1 |
Yusupov Bilol Nodirovich |
Pediatriya fakulteti |
2019 yil |
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti |
|||
1 |
Alimova Mahliyo Maxmud qizi |
Davolash fakulteti |
2 020 yil |
TTA Urganch filialida ustoz-shogird an’analari davom etmoqda.
Burun va burun yondosh bo'shliqlari poliplarini
tashxislash va davolash
Burun va burun yondosh bo'shliqlari polipi (polipoz rinosinusit) keng tarqalgan kasallik bo'lgani va ko'pincha qaytalangan holda kechishi bilan otolaringologlarning kasallikka bo'lgan qiziqishini yanada orttirmoqda. Bunday kasallik er yuzi aholisining 1-5% da uchraydi. Bizning mintaqaviy sharoitda 10000 aholiga 5:1 nisbatni tashkil qilsa, mazkur kasallik soha mutaxassislari bergan ma'lumotlarga ko'ra, Yevropa aholisining 4% ni tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikricha polipoz rinosinusit asosan, 40-60 yoshli aholi o'rtasida 51,4% tashkil qilishi, shuningdek erkaklar orasida uchrash holati ayollarga nisbatan 1.2 marta ko'proq ekanligi aytib o'tiladi.
E'tiborlisi bemorlar kasallikning erta bosqichlaridagi ilk belgilarini o'zlarida sezishmaydi. Ko'p hollarda kasallik umumiy tibbiy ko'rik paytida, boshqa LOR organlari kasalliklari (rinit, gaymorit, frontit, etmoidit) bilan shifokorga yoki allergologga murojaat qilishganda aniqlanadi.
Umuman olganda, immun tizimdagi nasliy o'zgarishlar allergik PRS kelib chiqishiga moyillik yaratadi. Ko'p hollarda LOR organlarining yallig'lanishi bilan bogliq, allergik va nasl bilan bog'liq holatlar kasallikning rivojlanishiga sabab bo'ladi.
Keyingi yillarda jarrohlik amaliyoti rivojlanishi va dori-darmonlarning keng qo'llanishiga qaramasdan kasallikda qaytalanish ko'rsatkichi 5-60%ni tashkil qilmoqda. Odatda operatsiyadan keyin bemorlarga tavsiya qilingan dori preparatlarni vaqtida va uzoq muddatli qabul qilinmasligi natijasida kasallikning qaytalanish surati oshmoqda.
Ma'lumotlariga ko'ra polipoz rinosinusit bilan xastalangan bemorlarning barchasida surunkali yondosh kasalliklar jumladan: yuqori nafas yo'llari patologiyalari, boshqa a'zo o'sma kasalliklari, nafas a'zolari kasalliklari, allergozlar birgalikda uchrasa, ayrim hollarda allergik rinit bilan kechadi.
Bu kasallik bilan og'rigan bemorlar doimiy ravishda burun bitishi, nafas olishga qiyinlashishi, hid bilish pasayishi, bosh og'riqidan shikoyat qilishadi. Shu bois bunday bemorlarda mehnatga layoqatlilik qobilyati susayishi kuzatilishi mumkin.
Hozirgi kunda kasallikni tashxisini oydinlashtirish maqsadida zamonaviy tibbiy texnologiyalar ya'ni kompyuter tomografiya, endoskopik tekshirishlar va multispiral kompter tomografiya apparatlaridan keng foydalanilmoqda. Buning natijasida polip to'qimasining aniq o'lchamini, holati va tarqalish joyini aniq ko'rish imkoniyatiga ega bo'linmoqda. Bu esa o'z navbatida davolash usulini to' g'ri tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar mazkur kasallik vaqtida davolanmasa yoki to'gri yondashilmasa yomon sifatli o'smalarga aylanishi, suyak to'qimalariga ta'sir qilishi yoki boshqa og'ir asoratlarga olib kelishi mumkin, xatto amaliyotda polipoz rinosinusit kasalligiga chalinib, shifokor tavsiyalariga muntazam rioya qilmaganligi oqibatida 28 marotaba jarrohlik operatsiyasini o'tkazgan bemorlar ham mavjud.
Bugunki kunda xorij va mamlakatimizda kasallikni davolash jarayoni asosan 2 muhim bosqichni o'z ichiga oladi.
1) jarrohlik usuli
2) jarrohlikdan keyingi davrda uzoq muddatli topik kortikosteroidlar qo'llanilmoqda.
Birinchi bosqich ya'ni jarrohlik amaliyoti hozirda Respublikamizning ilg'or otorinolaringologlari tomonidan zamonaviy asbob uskunalari yordamida muvaffaqiyatli o'tkazilmoqda. Shunday ekan shifokorlarimizda jarrohlik amaliyotida yetarlicha amaliyotga egalar.
Ikkinchi bosqichda yuqorida keltirib o'tilganidek shifokor amaliyotidan keyin bemorlar uzoq muddatli topik kortikosteroidlarni qo'llashlari talab etiladi. Shifokor va bemor o'rtasida xamjixatlik esa o'z navbatida kasallikni asoratlanishiga yoki qayta takrorlanishi muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, burun va burun yondosh bo'shliqlari polipidan butkul qutulish uchun, bemor operatsiyadan keyin eng avvalo, shifokor tavsiyalariga befarq bo'lmasligi, gigiena qoidalariga amal qilishi va tez-tez tibbiy ko'rikdan o'tib turishi lozim.
Zero, inson salomatligi har narsadan ustun!
Fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi assistenti: M.I. Avezov
Pediatriya fakulteti 442 A guruh talabasi: X. Bobojonov