Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida bo‘lib o‘tgan “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzusidagi davra suhbati tafsilotlari

Mamlakatimizda barcha millat va elat vakillari o‘z tili, madaniyati va san’ati, xalq hunarmandchiligi, urf-odatlari va an’analarini rivojlantirishi uchun barcha imkoniyat yaratilgan.

Viloyatimiz bo‘ylab ham milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri TTA Urganch filialining majlislar zalida 2017 yilning 8 iyun sanasida viloyat hokimligi, viloyat qozoq hamda rus milliy- madaniy markazlari, viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi va Urganch shahar 1-son bolalar musiqa maktabi bilan hamkorlikda “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson”  mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda TTA Urganch   filiali  ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.B.Abdullaev, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Y.Egamov, O‘zbekiston Milliy universiteti B.O‘ngbaeva, Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazi  viloyat bo‘limi rahbari Q.Sharipov, “Kamolot” YoIH viloyat kengashi raisi o‘rinbosari I.Matkarimov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Urganch shahar bo‘limi imom xatibi H.Kenjaev, viloyat hokimligi vakillari, viloyat qozoq, rus milliy madaniy markazi raisi va a’zolari, filial “Ma’naviyat va ma’rifat” va  iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, “Kamolot” YoIH  boshlang‘ich tashkiloti etakchi va a’zolari, viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi va Urganch shahar 1-son bolalar musiqa maktabi o‘quvchilari, filial professor-o‘qituvchilari, talabalari  hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok qilishdi.

Uchrashuv tadbiridagi ma’ruzalarda bugungi kunda mamlakatimizda turli millat va elat vakillari tinch-totuv, ahil-inoqlikda yashayotganliklari, ularning urf-odatlari rivojlanishi uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilganligi, bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad ham yurtimizdagi ahillik, hamjihatlik, millatlararo totuvlik va tinchlikni tarannum etishdan iboratligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.

Ayniqsa, viloyat milliy madaniy markazlar badiiy jamoalarining tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikni tarannum etuvchi turli millatlar tillaridagi kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. 

Tadbirda viloyat milliy-madaniy markazlari hamda TTA Urganch filiali  yosh iste’dod egalari tomonidan ona Vatanimizni madh etgan kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar hamda yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ahamiyatga ega sahna ko‘rinishlari barchaning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, tadbir dasturi yorqin taasurotlarga boy bo‘ldi.

Tadbirning faol ishtirokchilari filial ma’muriyatining faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Millatlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizda yashayotgan har bir millat vakili mamlakatimizda olib borilayotgan bun­yodkorlik ishlaridan chetda qolayotgani yo‘q. Ularning har birida ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonch va intilish tuyg‘ulari mujassamdir. 

Do‘stlik, birodarlik va o‘zaro mehr-muhabbat ruhida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

TTA Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.