Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Samarali muloqot tadbiri

Yoshlarimizda mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy  hamda iqtisodiy sohalarda kechayotgan  islohotlarga nisbatan  dahldorlik tuyg‘usini o‘stirish, faol fuqarolik pozitsiyasini  tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifadir.  O‘zMTDP barcha bo‘g‘in tashkilotlari  tomonidan mazkur vazifani amalga oshirishga yo‘naltirilgan  juda ko‘plab  ma’rifiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.   Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2017 yil 7 iyun sanasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi  Xorazm viloyat  Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan  “Deputat bilan yuzma yuz” loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar” mavzusida  tashkil etilgan muloqot tadbiri  shular jumlasidandir.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamuratov, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan  deputatlar,  partiya  faollari, Urganch shahridagi 9-son “Gulzor”  mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi, talaba yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Jonli muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur tadbirda turli darajadagi vakillik organlariga O‘zMTDP saylangan deputatlar  tomonidan bugungi kunda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat Dasturi, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda Prezidentimizning ma’ruzalaridan kelib chiqib  amalga oshirilayotgan ishlar xususida  atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbir davomida deputatlar yoshlarni  qiziqtirgan juda ko‘plb savollarga atroflicha javob berdilar.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

YANGILIKLAR                                                                              FILIAL HAQIDA                                                                                    ALOQA

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100, O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy                     Tel: +99862 224 84 84 Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82                                                                      Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700                                      Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.