Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali professor-o‘qituvchilari va talabalarining yurtimizning go‘zal va qadimiy shaharlari bo‘ylab sayohati

O‘zbekiston va uning go‘zal qadimiy shaharlari bugun dunyo sayyohlarini o‘ziga chorlamoqda. Bugun mamlakatimizdagi tarixiy obidalarni, zamonaviy inshootlarni ko‘rish, xalqimizning betakror madaniyati va an’analari bilan tanishish maqsadida yurtimizga kelgan sayyohlar va qolaversa, bu bebaho madaniy yodgorliklar chiroyidan bahramand bo‘layotgan yurtdoshlarimizni ko‘plab uchratish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan 2017 yil 17 mayda tasdiqlangan “Jizzax viloyatida 2017-2019 yillarda turizm sohasini kompleks rivojlantirish dasturi”ning 57-bandi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 may №87-02-1639-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 28 mayidan 1 iyunigacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat jamoasining Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga ishlab chiqilgan aniq jadval asosida tanishtiruv turlari tashkil qilindi.Ular yurtimizning afsonaviy va tarixiy shaharlari bo‘ylab qilingan ekskursiyalarda qadimiy obidalarni  tomosha qila turib, o‘tmishdagi buyuk ajdodlarimizning yashash tarzi, ularni qilgan buyuk ishlari xaqida yana bir bora katta tasavvur va taassurotga ega bo‘lishdi.

O‘zbekistondagi mahobatli inshootlar, maqbarayu masjidlar va muqaddas qadamjolarning go‘zalligi va ahamiyatini ta’riflashga so‘z ojiz. Aytish joizki, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ allomalar dunyo ilm-fanining rivojiga benazir hissa qo‘shishgan. Ularning munosib avlodlari bo‘lmish O‘zbekiston yoshlari ham ulkan intellektual va jismoniy salohiyati bilan olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritib, dunyoga dong taratmoqda. Ajdodlari dono, avlodlari zukko yurt ― obod va ozod O‘zbekistonning har kuni osuda, tinch va xotirjam o‘tayotgani, osmoni musaffo ekani xalqimizga in’om etilgan oliy ne’matdir. 

 TTA Urganch filiali

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.