Horijda malaka oshirish va ta'lim

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirish, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Iste’dod jamg‘armasi tomonidan 2017-2018 o‘quv yilida chet elda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun nomzodlarni saralash”  to‘g‘risidagi 2018 yil 8 yanvardagi №87-02-41 –sonli xatiga ko‘ra filialimizdan Yusupova Mehribon Ataxanovna “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovlari sinovlaridan o‘tib, 2018 yil sentyabrda  Rossiya Federatsiyasining  D.Ott nomidagi Akusherlik-ginekologiya va reproduktologiya Ilmiy tekshirish institutiga bir oylik malaka oshirishga yuborildi.

 

Fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi professori Z.R. Yangibaev 4-15 oktyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida “Robot jarrohlik texnologiyasi” bo‘yicha 2018 yil 27 aprel -7 may kunlari Buyuk Britaniyada mahorat darslarida ishtirok etdi. Asab va ruhiy kasalliklar kafedrasi professori Kilichev Ibodulla Abdullaevich 2018 yil 15-20 may kunlari SHvetsiyada o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

 

2018 y oktyabr oyida t.f.n., dotsent Batirov Davronbek YusupovichXitoy xalq respublikasida stajirovkaga  borib keldi.