+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar.

 

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy izlanishlarni hozirgi zamon talablari darajasida olib borish maqsadida TTA Urganch filiali bir qator xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan 5 yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomalarini tuzdi:

  1. Akademik I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti;
  2. I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti;
  3. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti;
  4. Sankt-Peterburg Federal tibbiy – biologik  agentligining bolalar yuqumli kasalliklarini ilmiy tekshirish  markazi.

 

 2018 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

  1. K.SH.Toktamamatov nomidagi xalqaro Jalolobod universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi);
  2. Jalolobod tibbiy-ijtimoiy ilmiy-tadqiqot instituti (Qirg‘iziston Respublikasi) bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. 

2019 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

  1. Astraxan davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)  bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi. 

2017, 2018 yillarda xorijdan tashrif buyurgan olimlar:

 

2017 – yil xorijiy davlatlardan bir qancha olimlar filialga tashrif  buyurdilar:

  1. 16 – avgustda  Sankt-Peterburgning  I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti ilmiy onkologiya markazidan t.f.d. professor, onkoginekolog Maksimov Sergey Yakovich (“Sovremennыe podxodы k vыboru lechebnoy taktiki u bolnыx rakom sheyki matki”), Gospital xirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor Topuzov Eldar Eskenderovich (“Zolotoy standart diagnostiki i lecheniya raka molochnыy jelezы”) lar ma’ruzalar o‘qishdi.
  2. 7 – sentabrda Vermont Universiteti (AQSH) Reabilitatsiya bo‘limi fizik – terapevti  PhD Nensi Mariya Gell talabalarga sport tibbiyoti bo‘yicha seminar – trening  o‘tkazdi.
  3. 27 – sentabrda  Shvetsariyaning Frayburg universiteti professori, Frayburg kantonal shifoxonasi xirurg shifokori, ginekologiya – laporaskopiya  sohasida 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan, jahonning ko‘plab davlatlarida operatsiyalar o‘tkazgan  Attila Mayor tashrif buyurdi.
  4. 17 – oktabrda  Irkutsk Davlat tibbiyot universiteti “Yuqumli kasalliklar” kafedrasi mudiri t.f.d., professor Qurban Aitovich Aitov “Botulizm, infeksion va noinfeksion gepatitlar va ularning qiyosiy tashhisi” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
  5. 18 – 19 oktabrda  Moskvalik Chindyazov Aleksandr Yurevich virtual tibbiyot trenajorlari, simulyatorlari, maneken imitatorlari, fantomlari, mulyajlari, qo‘llanmalarini olish bo‘yicha shartnomalarni tuzish taklifi bilan keldi.
  6. 15 – noyabrda Rossiyaning N.I.Pirogov nomidagi tibbiy ilmiy tekshirish universitetidan  pediatriya fakulteti “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasining mudiri, professor Shamsheva Olga Vasilevna (“Programma reabilitatsii CHBD”) kosmetologiya va teri kasalliklari kafedrasi professori Polesko Irina Vasilevna (“Kliniko-patogeneticheskie aspektы gerneticheskoy infeksii i obosnovanie terapii”) lar ma’ruzalar o‘qishdi.
  7. 5 – noyabrda  Barselona tibbiyot universiteti (Ispaniya) Gospital urologiya bo‘limi mudiri t.f.d.,professor Alkaraz Asensio  Antonio kelib uchrashuv o‘tkazdi.
  8. 29 – noyabrda  Belorusiya tibbiyot akademiyasi Nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor, nevropatolog  Ponamaryov Vladimir Vladimirovich (“Taktika vracha-nevrologa v vosstonavitelnom periode mozgovogo insulta” ) o’z ma’ruzasi bilan chiqish qildi.
  9. 10 – dekabrda  Sankt-Peterburgdan bir qator taniqli olimlar, jumladan, I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sergey Fyodorovich Bagnenko va uning rafiqasi vrach- nevropatolog Lyudmila Ivanovna Bagnenko; I.I.Djanelidze nomidagi tez yordam ITI ilmiy-uslubiy bo‘limi rahbari t.f.d., vrach-xirurg Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor va (1996) Ildar Pulatovich Minnulin va uning rafiqasi Minnulina Zegerya Sultanovna; Sankt-Peterburg Davlat byudjet tashkiloti “N.A.Semashko nomidagi 38-sonli shahar kasalxonasi” bosh vrach o‘rinbosari Minnulin Temur Ildarovich va uning rafiqasi Minnulina Yuliya Viktorovnalar tashrif buyurdilar.

 

Bulardan tashqari filial direktori  t.f.d. R.Yu.Ruzibayev va t.f.d., professor R.B.Abdullayevlar Toronto (Kanada) funksional nevrologiya instituti  faxriy professori diplomini oldilar.

Fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi professori Z.R. Yangibayev 4 – 15  oktabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida “Robot jarrohlik texnologiyasi” bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etdi. 

 

2018 – yil xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar:

TTA Urganch filialida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida xorijiy olimlar bilan bir qancha uchrashuvlar, seminar-treninglar, “mahorat darslari” o‘tkazildi. Jumladan:

  1. Malayziyadan Agarcis halqaro kompaniyasi prezidenti, mikrolog doktor Brianna Du;
  2. Belorussiya davlat tibbiyot universiteti «Yuqumli kasalliklar» kafedrasi dotsenti, t.f.n. D.E.Danilov;
  3. AQSHlik professorlar Jamshid Okhunov , Brian Donald, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori Shavahabov Shavkat Shonazarovichlar va Daniel Moreira;
  4. Turkiya davlatining Istanbul shahridan dunyoga mashhur “ACIBADEM” klinikasining yuqori malakali vrach-reproduktologi Axmet Fatix Oguch va Onkoginekolog Osman Temizkan;
  5. Bir guruh xorijlik va o‘zbekistonlik olimlar   tibbiyot sohasining etuk mutaxassislari Romana Drabik (Germaniya), Vyacheslav Semba (Rossiya), Zamira Nuraddinova, (Qoraqalpog‘iston Respublika), professor E.X.Eshboev, vrach bakteriolog S.E.Eshboevlar;
  6. Koreyaning malakali tibbiyot xodimlari – professor Kee Hyoung Lee, professor Kee Hong Sik Lee, professor June Young Lee, professor Woo Kyoung Kim, professor CHoi Jae Wook, Lim Jin WooMee Eun CHoi, Dong Wook Kim va professor Kim Kyung Xeelar;
  7. Dunyoning mashhur va mohir plastik jarrohi, tibbiyot fanlari nomzodi, Isroil plastik assotsiatsiyasi a’zosi, doktor Kogan Leonid;
  8. Taniqli nevrolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Xuseyn CHelik;
  9. Taniqli urolog, akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetining tibbiyot fanlari doktori, professor  Solman Xasunovich Al – SHukuriy;

10. “Germaniya akademik almashinuv xizmati” (DAAD) kordinatori va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti xorijiy filologiya fakulteti ma’ruzachisi Simon Kretchmer;

11. Tbilisidagi tibbiyot universiteti professori, butun jahon perinatal tibbiyot assotsiatsiyasi Kengashi a’zosi, YAna Donald nomidagi Xalqaro ultratovush bo‘yicha maktabning Gruziya  filiali direktori Papitashvili Aleksandr Mixaylovich;

12. Ukrainalik professor Seluyko.V.I;

13. N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Psixiatriya kafedrasi professori P.V.Morozov;

14. Irkutsk tibbiyot universiteti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining yuqumli kasalliklar kafedrasi professorlari K.A.Aitov va M.D.Ahmedovalar;

15. Sankt – Peterburg Davlat sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiy Reabilitatsiya markazida nevrologik reabilitatsiya bo‘limi boshlig‘i, Kembrij universitetining professori hamda Fanlar Akademiyasi tadqiqot bo‘limi professori, Evropa tabiiy fanlar akademiyasining professori, t.f.d., Kovalchuk Vitaliy Vladimirovich;

16. Qozon davlat tibbiyot universiteti “Bolalar kasalligi propedevtikasi” kafedrasi professori Volgina Svetlana Yakovlevna.

 

2019 – yil xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar:

 

  1. Korea Respublikasining Katolik universitetidan  Joo Hee Yoon tashrif buyurdi. Tashrif davomida Joo Hee Yoon “Ginekologiya va onkologiyada zamonaviy kam invaziv texnologiyalar (laporaskopik, robot Da Vinchi)ni qo‘llash tarjibasi” mavzusida operatsiyalar davomida amalga oshirib kelinayotgan yangi innovatsion usullar borasidagi fikr-mulohazalarini hamda bilim-ko‘nikmalarini filial professor-o‘qituvchilari, klinik-ordinatorlari hamda talaba-yoshlariga axborot sifatida etkazib berdi.

Qirg‘iziston Respublikasining Jalal-Abad shahrida joylashgan K.SH.Toktomamatov nomidagi Xalqaro iqtisodiyot universitetining professor-o‘qituvchilari A.A.Arzibaev, A.A.Xamrabaev, B.K.Atakanov, T.A.Jorjoevlar  TTA Urganch filialida xizmat safarida bo‘lib, filial rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.