+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar.

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy izlanishlarni hozirgi zamon talablari darajasida olib borish maqsadida TTA Urganch filiali bir qator xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan 5 yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomalarini tuzdi:

  1. Akademik I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti;
  2. I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti;
  3. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti;
  4. Sankt-Peterburg Federal tibbiy – biologik  agentligining bolalar yuqumli kasalliklarini ilmiy tekshirish  markazi.

Filial direktori, t.f.d., professor R.Yu.Ruzibayev xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida  2017 – yil  8 – 17  aprel kunlari I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg tibbiyot universitetiga bordi va  mazkur universitet bilan ilmiy, o‘quv ishlari, akademik publikatsiyalar  bo‘yicha  ma’lumot  almashish, filial professor  - o‘qituvchilarining malaka oshirish va tajriba almashish  bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi hamda universitet professor - o‘qituvchilari  va ularning ish jarayoni bilan tanishdi. UASH kafedrasi dotsenti M.R.Raxmetova ham Sankt-Peterburg tibbiyot universitetiga borib, tajriba almashdi va talabalarga ma’ruza o‘qidi. M.A.Yusupova, Z.F. Djumaniyazova, J.K. Babadjanov, B.Sh. Ruzmetov, Yu.Q. Masharipova, U.U. Raxmanova, B.S.Raximov, Sh.A. Raximovalar xorijda malaka oshirishga borish uchun “Iste’dod” jamg‘armasi suhbatidan o‘tdilar (2017 yil 19-23 oktabr).

Shunihgdek, Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi assistenti Eshmetov Shuhrat Ruzmetovich Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti aspirant bo‘ldi.

2017 – yil xorijiy davlatlardan bir qancha olimlar filialga tashrif  buyurdilar:

  1. 16 – avgustda  Sankt-Peterburgning  I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti ilmiy onkologiya markazidan t.f.d. professor, onkoginekolog Maksimov Sergey Yakovich (“Современные подходы к выбору лечебной тактики у больных раком шейки матки”), Gospital xirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor Topuzov Eldar Eskenderovich (“Золотой стандарт диагностики и лечения рака молочный железы”) lar ma’ruzalar o‘qishdi.
  2. 7 – sentabrda Vermont Universiteti (AQSH) Reabilitatsiya bo‘limi fizik – terapevti  PhD Nensi Mariya Gell talabalarga sport tibbiyoti bo‘yicha seminar – trening  o‘tkazdi.
  3. 27 – sentabrda  Shvetsariyaning Frayburg universiteti professori, Frayburg kantonal shifoxonasi xirurg shifokori, ginekologiya – laporaskopiya  sohasida 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan, jahonning ko‘plab davlatlarida operatsiyalar o‘tkazgan  Attila Mayor tashrif buyurdi.
  4. 17 – oktabrda  Irkutsk Davlat tibbiyot universiteti “Yuqumli kasalliklar” kafedrasi mudiri t.f.d., professor Qurban Aitovich Aitov “Botulizm, infeksion va noinfeksion gepatitlar va ularning qiyosiy tashhisi” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
  5. 18 – 19 oktabrda  Moskvalik Chindyazov Aleksandr Yurevich virtual tibbiyot trenajorlari, simulyatorlari, maneken imitatorlari, fantomlari, mulyajlari, qo‘llanmalarini olish bo‘yicha shartnomalarni tuzish taklifi bilan keldi.
  6. 15 – noyabrda Rossiyaning N.I.Pirogov nomidagi tibbiy ilmiy tekshirish universitetidan  pediatriya fakulteti “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasining mudiri, professor Shamsheva Olga Vasilevna (“Программа реабилитации ЧБД”) kosmetologiya va teri kasalliklari kafedrasi professori Polesko Irina Vasilevna (“Клинико-патогенетические аспекты гернетической инфекции и обоснование терапии”) lar ma’ruzalar o‘qishdi.
  7. 5 – noyabrda  Barselona tibbiyot universiteti (Ispaniya) Gospital urologiya bo‘limi mudiri t.f.d.,professor Alkaraz Asensio  Antonio kelib uchrashuv o‘tkazdi.
  8. 29 – noyabrda  Belorusiya tibbiyot akademiyasi Nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor, nevropatolog  Ponamaryov Vladimir Vladimirovich (“Тактика врача-невролога в восстонавительном периоде мозгового инсульта” ) o’z ma’ruzasi bilan chiqish qildi.
  9. 10 – dekabrda  Sankt-Peterburgdan bir qator taniqli olimlar, jumladan, I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sergey Fyodorovich Bagnenko va uning rafiqasi vrach- nevropatolog Lyudmila Ivanovna Bagnenko; I.I.Djanelidze nomidagi tez yordam ITI ilmiy-uslubiy bo‘limi rahbari t.f.d., vrach-xirurg Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor va (1996) Ildar Pulatovich Minnulin va uning rafiqasi Minnulina Zegerya Sultanovna; Sankt-Peterburg Davlat byudjet tashkiloti “N.A.Semashko nomidagi 38-sonli shahar kasalxonasi” bosh vrach o‘rinbosari Minnulin Temur Ildarovich va uning rafiqasi Minnulina Yuliya Viktorovnalar tashrif buyurdilar.

Bulardan tashqari filial direktori  t.f.d. R.Yu.Ruzibayev va t.f.d., professor R.B.Abdullayevlar Toronto (Kanada) funksional nevrologiya instituti  faxriy professori diplomini oldilar.

Fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi professori Z.R. Yangibayev 4 – 15  oktabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida “Robot jarrohlik texnologiyasi” bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etdi. 

Filialga 2018 – yil xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar:

  1. 27 – mart kuni Malayziyadan Agarcis xalqaro kompaniyasi prezidenti, mikrolog doktor Breanna Du tashrif buyurdi va “1, 3 hamda 1, 6 beta glyukanning tibbiyotda qo‘llanilishi” to‘g‘risida klinik ordinatorlarga, talabalarga va mutaxassis shifokorlarga ma’ruza o‘qidi.
  2. 6 – aprel kuni  “Xorazm Palas” mehmonxonasida Belorussiya davlat tibbiyot universiteti “Yuqumli kasalliklar” kafedrasi dotsenti, t.f.n. D.E.Danilov ishtirokida ma’ruza-prezentatsiya o‘tkazildi.
  3. 19 – 20 sentabr sanalarida dunyoning mashhur va mohir plastik jarrohi, Isroil plastik assotsiatsiyasi a'zosi, shuningdek, xalqaro plastik va estetik xirurgiya assotsiatsiyasi a'zosi, tibbiyot fanlari nomzodi, doktor Kogan Leonid tashrif buyurdi.
  4. 11-oktabr sanasida turkiyalik taniqli nefrolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Xuseyn Chelik tashrif buyurdi, hamda filial talabalariga “O’lik insonlardan organ a’zolarini ko’chirib o’tkazish” borasidagi izlanishlar va yangiliklar xuxusidaki ma’ruzasini o’qib berdi.
  5. 17 – oktabr  sanasida  mashhur urolog, Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetining tibbiyot fanlari doktori, professor  Solman Xasunovich Al – Shukuriy  tashrif buyurib, “Pastki siydik yo'llarining belgilari bilan og'rigan bemorlarni konservativ va dori-darmonlar orqali davolashning yangicha usullari” mavzusida ma’ruza o’qib berdi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.