Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Ilmiy maktablar
- Detallar
- Mening innovatsion g'oyam kategoriyasi
- Sanasi: 02 NOYABR 2018
- 2576 marta ko'rildi:
Yuksak salohiyatli talabalarimiz
Istiqlol yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar qilib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.
TTA Urganch filialida 2018 yilning 28-sentabr sanasida Ilmiy Kengash majlisi bo’lib o’tdi. Unda samarali mehnat qilayotgan faol va tashabbuskor bir guruh professor - o’qituvchilarni taqdirlash marosimi ham tashkil qilindi.
Shundan so’ng Davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi Sarvar Jumaniyazovning Vrachlar assotsiatsiyasi stipendiyasiga sazovor bo’lganligi munosabati bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi. Unda O’zbekiston Vrachlar assotsiatsiyasi a’zosi, professor Usmonxo’jayev Muxtor Saidovich ishtirok etib, Sarvar Jumaniyazovga sertifikat hamda estalik sovg’alarini topshirdi.
DAAD dasturi grantlari filialimizda!
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Yu. Ruzibayev taklifiga binoan, filialga 2018 – yilning 19 – oktabr sanasida “Germaniya akademik almashinuv xizmati” (DAAD) kordinatori va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti xorijiy filologiya fakulteti ma’ruzachisi Simon Kretchmer tashrif buyurdi. Unda Davolash va Pediatriya fakultetlari dekanlari ham ishtirok etishdi.
Tashrif doirasida “Tillar” kafedrasi professor-o`qituvchilari hamda talabalari bilan "Germaniyada ta'lim va tadqiqot" mavzusida do`stona uchrashuv o`tkazildi.
Uchrashuv davomida filial o`qituvchi va talabalari “Germaniya ta`lim grantlari”, “Germaniyada o`qishni davom ettirish”, “Germaniyada magistratura va PhD o`qish talablari” xususidagi foydali ma`lumotlarga ega bo`lishdi.
Bu kabi ochiq, samimiy, yuzma-yuz uchrashuvlarning tez – tez tashkil etilishi o`qituvchi va talabalarimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda ular o’z bilim va mahoratlarini dunyo miqyosida namoyish etibgina qolmay, xalqaro ilm – fan maydonida ko’plab yutuq va muvaffaqiyatlarga erishlarida zamin yaratishiga shak – shubha yo’q.
Urologiya sohasining yetuk olimlari Xorazmda!
2018 – yilning 17 – oktabr sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga taniqli urolog, Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetining tibbiyot fanlari doktori, professor Solman Xasunovich Al – Shukuriy tashrif buyurdi.
Professor S.X. Al – Shukuriy o’z ma'ruzasida pastki siydik yo'llarining belgilari bilan og'rigan bemorlarni konservativ va dori-darmonlar orqali davolashning yangicha usullari bo'yicha dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarga alohida e'tibor qaratdi. Shu bilan birga, o’z mahorati va tarjibalari asosida urologiya sohasidagi izlanishlar va dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan fikr – mulohazalar hamda tibbiyotga oid so’nggi yangiliklar xususida filial talaba –yoshlariga axborot berib o’tdi.
Mazkur tadbirda Sankt-Peterburg shahridan kelgan urologiya sohasining professorlari, Toshkent tibbiyot akademiyasining yetuk mutaxassislari, Xorazm viloyat Urologiya markazining shifokorlari, TTA Urganch filialining professor – o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida professor – o’qituvchilar tibbiyot sohasida qilinishi lozim bo’lgan vazifalar borasida o’z fikr – mulohazalarini bildirdilar. Uchrashuv barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.