Fan va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’ining
asosiy vazifalari
1. Ta’lim olayotgan klinik ordinator va izlanuvchilarning xujjatlarini o’z vaqtida tayyorlashlarini nazorat qilish va uslubiy tashkiliy yordam ko’rsatish
2. Klinik ordinatura qabul imtixonlari o’tkazilishini tashkil qilishni ta’minlash
3. Qabul komissiyasi tomonidan taqdim qilingan tanlovda ishtirok etgan klinik ordinatorlar xujjatlarini qabul qilib olish va saqlash
4. Direktor va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan taqdim etilgan asl nusxa xujjatlar asosida buyruqlar loyixalarini tayyorlash
5. Direktor va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan buyruqlar ijrochilariga yetkazish va ijro nazoratini ta’minlash
6. Klinik ordinatorlarning attestatsiyasini o’tkazishni tashkil qilish
7. Yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq va xatlar ijrosini o’z vaqtida tayyorlanishi ta’minalsh
8. Ilmiy amaliy anjumanlar, tanlovlar, seminarlarni yuqori saviyada o’tkazish maqsadida tashkiliy qismini ta’minlash
9. O’tkaziladigan ilmiy amaliy konferentsiyalarda professor- o’qituvchilarni ishtirokini ta’minlash
10. Izlanuvchilar va iqtidorli talabalarni O’z R Davlat stipendiyalari, xorijiy fondlar grantlar tanlovlariga qatnashishlarini tashkil etish
11. Filial miqyosida 1 bosqich fan olimpiadasining o’tkazilishini va 2- boqich Respublika olimpiadasida g’oliblarning qatnashishlarini iqtidorli talabalar bilan ishlash uchun mas’ul bilan birgalikda tashkil etish
12. Talabalar ilmiy jamiyati faoliyatini doimiy ravishda boshqarib borish
13. Yuqori tashkilotlarga va filial kengashiga bo’lim xisobotini taqdim etish
14. Direktor va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan topshirilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarish
Fan va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi muhandisining
asosiy vazifalari
1. Bo’lim tomonidan ishlab chiqilgan buyruq va hujjatlarni komputerda yozib chiqarish va kafedralarga xamda tegishli bo’limlarga tarqatish
2. Bo’lim tomonidan tayyorlangan xatlar, xisobotlar va xujjatlarni tegishli tashkilot va muassasalarga o’z vaqtida yetkazishni ta’minlash
3. Tashkil etilayotgan konferensiyalar, seminarlar, ko’rgazmalar va tanlovlarda ishtirok etishlari uchun professor –o’qituvchilar, klinik ordinatorlarni xabardor etish
4. Klinik ordinatorlarga attestatsiya va majlislar o’tkazilganda ilmiy rahbarlarni, klinik ordinatorlarni xabardor qilish va ularning davomatini ta’minlash
5. Bo’limdagi xujjatlar va jihozlarni saqlanishiga javob berish
6. Kirayotgan va chiqayotgan xujjatlarni qayd qilish
7. Mehnat daftarchalarini yurgizish
8. ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari va bo’lim boshlig’i topshirgan ishlarni o’z vaqtida bajarish
TTA Urganch filialida klinik ordinatura yo’nalishi mavjud bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Klinik ordinatura to’g’risida»gi Nizom asosida ish ko’radi.