Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Magistratura
- Detallar
- 2680 marta ko'rildi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga 2020-2021 o'quv yilida Magistratura ta’lim yo’nalishiga qabul qilinganlar ro'yxati
Akusherlik va ginekologiya (UZ)
Akusherlik va ginekologiya (RU)
Gematologiya va transfuziologiya (UZ)
Gematologiya va transfuziologiya (RU)
Neyroreabilitologiya (UZ)
Neyroreabilitologiya (RU)
Abiturientlarga tegishli mutaxassislik bo’yicha Bizning oliy ta’lim muassasamizni tanlashda qulaylik yaratish uchun 2020-2021 o’quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasi bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va o’qitish tillari bo’yicha taqsimlanishini ko’rishingiz mumkin.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2020-2021 o’quv yilida magistraturaga davlat buyurtmasi va to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish parametrlari.
Shifr | Mutaxassisliklar nomi | 2020/2021 o’quv yili uchun qabul parametrlari | Davlat grantlari asosida | To’lov-kontrakt asosida | ||||||
Jami | shu jumladan: | Jami | shu jumladan: | |||||||
Jami | shu jumladan | o’zbek | rus | o’zbek | rus | |||||
grant | kontrakt | |||||||||
5A510101 | Akusherlik va ginekologiya | 4 | 1 | 3 | 1 | 1 | - | 3 | 2 | 1 |
5A510103 | Terapiya (yo’nalishlar bo’yicha) | 4 | 1 | 3 | 1 | 1 | - | 3 | 2 | 1 |
5A510112 | Xirurgiya (yo’nalishlar bo’yicha) | 4 | 1 | 3 | 1 | 1 | - | 3 | 2 | 1 |
5A510131 | Gematologiya va transfuziologiya | 4 | 4 | - | 4 | 2 | 2 | - | - | - |
5A510133 | Neyroreabilitologiya | 4 | 1 | 3 | 1 | 1 | - | 3 | 2 | 1 |
5A510802 | Xarbiy qo’shinlar tibbiy ta’minotini tashkil etish | 4 | - | 4 | - | - | - | 4 | 3 | 1 |
39 | Jami | 24 | 8 | 16 | 8 | 6 | 2 | 16 | 11 | 5 |
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2020-yilning 1-iyuldan 30-iyulgacha (shu kuni ham davom etadi) 2020-2021 o’quv yili uchun magistraturaga qabul komissiyasi o’z faoliyatini boshladi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Veb-sayt: http://magistr.edu.uz - magistraturaga oʻqishga qabul boʻyicha hujjat topshirishning veb-platformasi ishga tushirilib, abituriyentlar uchun katta imkoniyat yaratilgan.
Platformada har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha mutaxassisliklar kesimida abituriyentlardan tushgan arizalar toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni koʻrish uchun, dasturga kirib, tegishli taʼlim tili va oliy taʼlim muassasasini tanlash lozim boʻladi.
Barcha ma’lumotlarni https://t.me/magistr_qabul_2020 ssilka orqali telegram kanaliga ulanib bilib olishingiz mumkin.
Ushbu o’quv yilida filialga magistratura mutahassisligiga mos keluvchi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxati bilan tanishing.
Magistraturaga qabul bo’yicha turdosh oliy ta’lim yo’nalishlarining ro’yxatiga ilova
Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxati.
Shifr | Mutaxassisliklar nomi | Shifr | Bakalavriat ta’lim yo’nalishi |
5A510101 | Akusherlik va ginekologiya | 5510100 | Davolash ishi |
5111000 | Kasbiy ta’lim (davolash ishi) | ||
5A510103 | Terapiya (yo’nalishlar bo’yicha) | 5510100 | Davolash ishi |
5111000 | Kasbiy ta’lim (davolash ishi) | ||
5A510112 | Xirurgiya (yo’nalishlar bo’yicha) | 5510100 | Davolash ishi |
5111000 | Kasbiy ta’lim (davolash ishi) | ||
5A510131 | Gematologiya va transfuziologiya | 5510100 | Davolash ishi |
5111000 | Kasbiy ta’lim (davolash ishi) | ||
5510200 | Pediatriya ishi | ||
5A510133 | Neyroreabilitologiya | 5510100 | Davolash ishi |
5111000 | Kasbiy ta’lim (davolash ishi) | ||
5510200 | Pediatriya ishi | ||
5A510802 | Xarbiy qo’shinlar tibbiy ta’minotini tashkil etish | 5510100 | Davolash ishi |
5111000 | Kasbiy ta’lim (davolash ishi) | ||
5510200 | Pediatriya ishi |
Toshkent tibbiyot Akademiyasi yangi o’quv yilida 1-kurs magistraturaga jami 24 magistrant qabul qilish rejalashtirilgan.
Abiturientlarga maslahat berish uchun aloqa markazi (“Call center”) maslahatchi operatori axborot xodimlari jamlanmasi ertalabki soat 9 00 dan 17 00 gacha faoliyat korsatmoqda.
Agarda siz magistraturaga xujjat topshirishni bilmayotgan bo’lsangiz va qay tartibda topshirish kerakligini bilmoqchi bo’lsangiz hujjatlarni topshirish bo’yicha yo’riqnoma
ssilkasi yoki
ssilkalari orqali bilib olishingiz mumkin.
TTA Urganch filialining magistratura mutaxassisliklariga o’qishga kirish uchun hujjatlarni topshirishda kerak bo’ladigan ma’lumotlar.
Hujjat topshirish http://magistr.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi, OTMlarda qabul qilinmaydi!
Hujjat topshirish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar:
- Pasport ma’lumotlari to’ldiriladi. Bunda abiturient JSHSHIR raqamini hamda pasport seriyasi va raqamini kiritishi kifoya. Pasportning skaner yoki rasm varianti talab etilmaydi;
- Doimiy yashash manzili (tushunarli aytadigan bo’lsak, propiska bo’yicha) kiritiladi;
- Bakalavrda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari kiritiladi;
- Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti yuklanadi;
- Agar abiturient imtiyozlarga ega bo’lsa, ya’ni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar g’olibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlarni kiritadi;
- Hujjat topshirmoqchi bo’lgan mutaxassisligini tanlaydi.
Abiturientdan shundan boshqa qo’shimcha hujjatlar, masalan fotosurat, maqolalarining nusxasi, tibbiy ma’lumotnoma talab etilmaydi!
Магистратура мутахассислигига мос келувчи таълим йўналишлари бўйича кириш ва (тест) синовлари ўтказиладиган мутахассисликлар кесимида фанлар мажмуаси
(2019-2020 ўқув йили битирувчи курс ўқув режасидаги махсус (ихтисослик) фанлар)
№ | Шифр | Мутахассислик номи | Фан (модул) |
1. | 5А510101 | Акушерлик ва гинекология | Даволаш иши йўналиши битирувчи курс режасидаги махсус (ихтисослик) фанлар |
2. | 5А510102 | Эндокринология | |
3. | 5А510103 | Терапия (йўналишлар бўйича) | |
4. | 5А510104 | Оторинолорингология | |
5. | 5А510105 | Кардиология | |
6. | 5А510106 | Офтальмология | |
7. | 5А510107 | Юқумли касалликлар (йўналишлар бўйича) | |
8. | 5А510108 | Дерматовенерология | |
9. | 5А510109 | Неврология | |
10. | 5А510110 | Умумий онкология | |
11. | 5А510111 | Психиатрия | |
12. | 5А510112 | Хирургия (йўналишлар бўйича) | |
13. | 5А510113 | Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (йўналишлар бўйича) | |
14. | 5А510114 | Нейрохирургия | |
15. | 5А510115 | Соғлиқни сақлашни бошқариш ва жамоат саломатлиги (йўналишлар бўйича) | |
16. | 5А510116 | Тиббий психология | |
17. | 5А510117 | Урология | |
18. | 5А510118 | Морфология (йўналишлар бўйича) | |
19. | 5А510119 | Наркология | |
20. | 5А510120 | Анестезиология ва реаниматология | |
21. | 5А510121 | Травматология ва ортопедия | |
22. | 5А510123 | Суд-тиббиёт экспертизаси | |
23. | 5А510124 | Патологик анатомия | |
24. | 5А510125 | Шошилинч тиббий ёрдам | |
25. | 5А510126 | Фармакология | |
26. | 5А510127 | Спорт тиббиёти | |
27. | 5А510128 | Диетология | |
28. | 5А510129 | Нутрициология | |
29. | 5А510130 | Аллергология ва клиник иммунология | |
30. | 5А510131 | Гематология ва трансфузиология | |
31. | 5А510132 | Тиббий радиология | |
32. | 5А510133 | Нейрореабилитология | |
33. | 5А510201 | Педиатрия (йўналишлар бўйича) | Педиатрия иши йўналиши битирувчи курс режасидаги махсус (ихтисослик) фанлар |
34. | 5А510201 | Болалар ва ўсмирлар гигиенаси | |
35. | 5А510202 | Болалар хирургияси | |
36. | 5А510203 | Болалар анестезиологияси ва реаниматологияси | |
37. | 5А510204 | Болалар кардиологияси ва ревматологияси | |
38. | 5А510205 | Болалар неврологияси | |
39. | 5А510206 | Неонатология | |
40. | 5А510208 | Болалар гастроэнтрологияси | |
41. | 5А510301 | Гигиена (йўналишлар бўйича) | Тиббий профилактика иши йўналиши битирувчи курс режасидаги махсус (ихтисослик) фанлар |
42. | 5А510302 | Атроф-мухит ва инсон саломатлиги | |
43. | 5А510401 | Стомотология (йўналишлар бўйиша) | Стомотология (йўналишлар бўйиша) йўналиши битирувчи курс режасидаги махсус (ихтисослик) фанлар |
44. | 5А510701 | Олий хамширалик иши | Олий хамширалик иши йўналиши битирувчи курс режасидаги махсус (ихтисослик) фанлар |
45. | 5А510802 | Харбий қўшинлар тиббий таъминотини ташкил этиш | Харбий тиббиёт йўналиши битирувчи курс режасидаги махсус (ихтисослик) фанлар |
Магистратурага кириш имтиҳонлари дастурлари