O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi «Yangi Oliy o`quv yurtlarini tashkil etish» to`g`risidagi Farmoni asosida 1-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali tashkil qilinishi munosabati bilan “Anatomiya va gistologiya” kafedrasiga asos solindi.
1992 yildan “Anatomiya va gistologiya” kafedrasi mudiri lavozimiga Toshkent shahridan Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutidan taklif qilingan t.f.d., professor Baxtiyor Abdug’apporovich Xidoyatov tayinlandi.
Xidoyatov B.A.
t.f.d., professor (1944-2015)
Kafedra mudiri Xidoyatov Baxtiyor Abdug’apporovich va assistentlar
Chapdan birinchi Rashid Ro’zibayev, Sharofat Sapayeva va Latif Usmonov. 1994 yil
1995 yilda “Anatomiya va gistologiya” kafedrasi “Anatomiya, patologik anatomiya, topografik anatomiya, gistologiya va sud tibbiyoti” kafedrasiga o’zgartirildi. 1998-2017 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimida t.f.n., dotsent Ulug’bek Avezmetovich Ro’zmetov faoliyat ko`rsatdi.
Ro’zmetov U.A. kafedra xodimlari bilan Morfologiya binosi, 2005 yil
Kafedra xodimlari
Morfologiya binosi, 2008 yil
2017 yildan “Anatomiya, patologik anatomiya, operativ jarroxlik va sud tibbiyoti” kafedrasiga tanlov asosida t.f.n., dotsent Sharofat Aminovna Sapayeva tayinlandi va hozirgi davrgacha faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
2017 yildan “Anatomiya, patologik anatomiya, operativ jarroxlik va sud tibbiyoti” kafedrasi “Klinik anatomiya va morfologiya kafedrasi” deb atala boshlandi.
KLINIK ANATOMIYA VA MORFOLOGIYA KAFEDRASIDA QUYIDAGI PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TURLI YILLARDA ISHLAGANLAR\
Baxtiyor Abdug’apporovich Xidoyatov-(1944-2015) t.f.d., professor, 1992-1997 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
Ro’zibayev Rashid Yusupovich -t.f.d, dotsent 1992-1997 Anatomiya fanidan assistent bo’lib ishlagan
Kuryazov Akbar Quranbayevich t.f.n.,dotsent 1993-2013yillarda – Operativ jarroxlik va topografik anatomiya fanidan assistentbo’lib ishlagan
Masharipov Otaboy Olimovich- t.f.n., 2003-2015 yillarda - Anatomiya fanidan dars bergan
Mаtnazarovna Gulbaxor Sultanbayevna t.f.n., dotsent 1993-2008yillarda – Gistologiya fanidan dars bergan
Abdullayeva Umida Saparbayevna – 2001-2008 yillarda Gistologiya fanidan dars bergan
Jumaniyazova Gulnoza Sanaqulovna 1994-2015yillarda – Gistologiya fanidan dars bergan
Madraximova Nafosat Azimbayevna – 2013-2017yillardaAnatomiya fanidan assistentbo’lib ishlagan
Egamov Matyoqub 1992-1995 yillarda – Gistologiya fanidan assistentbo’lib ishlagan
Beknazarova Gulmahram Beknazarovna- 1992-1997 yillarda – Gistologiya fanidan assistentbo’lib ishlagan
Allamov Egamberdi Rustamovich - 1992-1997 yillarda - Anatomiya fanidan assistentbo’lib ishlagan
Xudayberganov G’ulomboy O’rinovich-1992-1997 yillarda - Anatomiya fanidan assistentbo’lib ishlagan
Abdulayev Po’lat -1993-1998 yillarda Gistologiya fanidan dars bergan
Sobirov Maksudbek 2002-2005 yillarda - Anatomiya fanidan assistentbo’lib ishlagan
Allaberganov Dilshod Shavkatovich – 2015-2018yillarda Patologik anatomiya fanidan dars bergan