+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Marketing bo'limi

 

 

 

Xudaybergenov Hayitboy Sotimovich

Marketing bo‘limi boshlig‘i

Tel: +99(891) 426-20-70

E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Asosiy maqsadimiz

O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi va Oliy o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda hukumatimiz tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsata oladigan yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan malakaliy umumiy amaliy shifokorlarni tayyorlashdan iborat.

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvar 48 sonli «Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori va «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998  yil 3 fevral 12-raqamli buyrug‘i» asosida Marketing xizmati  bo‘limi nizomi ishlab chiqildi.

 

Mazkur Nizom Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutida Marketing bo‘limi tashkil bo‘lgan vaqtdan boshlab kuchga kirdi. Marketing bo‘limining faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi farmonini ijro etishga  asoslanadi    

 

1. Ushbu Nizom Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi "Ta’lim bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 48-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005   yil 14 oktyabrdagi "Davlat grantlari asosida taxsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlashni ta’minlash choralari to‘g‘risida"gi 225-sonli, 2005 yil 30 noyabrdagi "Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash, qabul va bitiruvchilarga respublika muassasalaridagi ehtiyoj va buyurtmalar asosida tegishli axborot bazasini yaratish buyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 258-sonli, 2006 yil 29 maydagi "O‘zbekistan Respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus qomissiya tashkil etish to‘g‘risida"gi 111-sonli buyruqlari asosida ishlab chiqilgan.

2. Mazkur Nizom Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali marketing bulimi faoliyatida asosiy me’yoriy-xuquqiy hujjat hisoblanadi.

3. Marketing bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil tarkibiy tuzulmasi hisoblanib bevosita direktorga bo‘ysunadi.

4. Bo‘lim boshqaruvi marketing bo‘limi boshlig‘i tomonidan amalga oshirilib, TTA Urganch direktori tomonidan lavozimga belgilanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

 

 

 

Abdullayeva Shaxlo Alimdjanovna

Pullik to’lov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi iqtisodchisi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

Baxtiyarova Mexriniso Komilovna

Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo’yicha muhandis

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Marketing bo‘limining asosiy vazifasi bo‘lib Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali brendi hamda ta’lim dasturlarini olg‘a surish bo‘lib hisoblanadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali maqsadidan kelib chiqqan holda marketing bulimi uzining kundalik faoliyatida kuyidagi vazifalarni bajaradi:

 

  1. Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘uyilgan, ya’ni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari buyicha bitiruvchilarning kasbiy maxoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlagan holda fakultetlar, tegishli kafedralar va ilmiy, o‘quv-metodik b o‘limlarga buyurtmachilar (iste’molchilar) tavsiyalarini taqdim etish.
  2. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga raxbarlik xamda DAK tarkibiga ish beruvchi (buyurtmachi) korxona va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish.
  3. Ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish markazlari (poligonlari, amaliyot bazalari) tashkil etish bo‘yicha asosnoma va takliflar tayyorlash hamda moddiy-texnik hamkorlikka oid shartnomalar tuzish, shuningdek ular bilan qaytar alokalarni o‘rnatish.
  4. Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maksadida korxonalar, tashkilotlar va xususiy xujaliklar bilan alokalar urnatish xdmda shartnomalar tuzish, ish beruvchilar (iste’molchilar)ning bitiruvchilar xaqidagi fikrlari (e’tirozlari, yosh mutaxassisning kamchiliklari, rad qilinishi sabablari) va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflari asosida amaldagi ta’lim mazmuniga muayyan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
  5. Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini xisobga olgan holda yangi ta’lim (tayyorlov) yunalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini tuxtatish buyicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo‘lmagan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini aniqlash.
  6. Sog‘liqni saqlash sohasidagi tashkilotlarga maqsadli to‘lov- kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash buyicha shartnomalik munosabatlarini shakllantirish maksadida ularni hamkorlikka taklif qilish.
  7. Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniklash maksadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yunalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni xisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt buyicha joriy va istikbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.
  8. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali bitiruvchilarini ishga taksimlash buyicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bulgan real extiyojlariga muvofik bitiruvchilarni ishga taksimlash rejalarini (dastlabki, aniklashgan) ishlab chiqish va yakuniy taksimotni o‘tkazib, uning natijalari buyicha bitiruvchilar shaxsiy taksimot kaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.
  9. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning joylashishiga oid barcha zaruriy xujjatlarni (diplomdan kuchirma, ishga yuborilganlik tugrisida yo‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot kaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiining Marketing bo‘limi faoliyatiga mas’ul bo‘lgan prorektor hamda Marketing bo‘limi boshlig‘i quyidagi xuquqlarga ega:

  1. Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli bo‘linmalari (ilmiy va uslubiy kengashlar, ukuv va uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, ilmiy  bulimi, kafedralar va x-k.) boshliklaridan normativ xujjatlar, buyruklar, Marketing bulimiga oid savollar buyicha kengash qarorlarini xamda Marketing bo‘limi vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yozma yoki og‘zaki axborotlar taqdim qilishni talab qilish.
  2. Marketing bo‘limi faoliyatiga tegishli hujjatlar yoki boshqa ma’lumotlarni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining tegishli bo‘linmalariga ilmiy va uslubiy kengashlar, o‘quv va uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, ilmiy bo‘lim bo‘limi, kafedralar va x,.k.) taqdim qilish.
  3. Marketing bo‘limi vakolatlariga kiruvchi savollar muxokamasi buyicha majlislarda ishtirok etish.
  4. Marketing bo‘limining ish faoliyati bilan bog‘liqk bo‘lgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining boshqa bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
  5. Marketing b o‘limining u3 xuquqlari doirasida qarorlar qabul qilish.
  6. Marketing bo‘limi vakolatlariga kiruvchi savollar bo‘yicha filial nomidan boshqa tashkilotlarda ishtirok etish, majlislar, seminarlar va konferensiyalar tashkil qilish.
  7. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ma’muriyati bilan kelishilgan holda Marketing bo‘limi vakolatlariga kiruvchi savollar buyicha xatlarga javob berish.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

Our address

28 St. Al-Khorazmi

Ugench city, Uzbekistan

Phone/Fax +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Route: bus 7-19

We are in social networks

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.