- Yangiliklar
- Просмотров: 16
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt!” shiori ostidagi madaniyat karvoni ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Bugun, 3-iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt!” shiori ostidagi madaniyat karvoni ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Oʻzbekiston xalq artisti va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Zulfiya Mo‘minova, “Shuhrat” medali sohibasi Rohila Ro‘zimova, “Nihol” mukofoti sohibi, Xalqaro baxshilar ko‘rik-tanlovi mutloq g‘olibi Feruzbek Normatov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sur’at Ortiqov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ozod Bekmuradov, Estrada xonandasi Shoira Otabekova, “Nihol” mukofoti sohiblari Jayhun Matmuradov va Matnazar Ozodov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Gulora Rahimovalar ishtirokida katta madaniy konsert dasturi namoyish etildi.